«Iqtisodiyot» fakulteti «Menejment» kafedrasi
-rasm. Metall kesish dastgohlarida shpindellarning tuzilishi
Download 63.2 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-rasm. Tokarlik dastgohlari shpindelining eskizi.
21-rasm. Metall kesish dastgohlarida shpindellarning tuzilishi:
a) markaz bo’yicha yo’nalgan teshiksiz; b) oxirigacha yetmagan markaziy teshikli; v) butun tanasi bo’yicha markaziy teshikli shpindel. Shpindellar aniqligi bo’yicha ham uchga bo’linadi: a) normal aniqlikdagi dastgohlar uchun shpindellar; b) yuqori aniqlikdagi dastgohlar va v) pretsizion dastgohlar uchun shpindellar. Tokarlik dastgohi shpindelining tuzilishi 22-rasmda keltirilgan. Shunday qilib, konusli teshikning podshipnik uchun tayanch pog’onasiga nisbatan radial tepishi 5-10 mkm dan ortmasligi kerak, bu normal aniqlikdagi dastgohlar uchun, yuqori aniqlikdagi dastgohlar uchun 3-5 mkm bo’lsa, pretsizion dastgohlar uchun esa 1-3 mkm dan oshmasligi talab etiladi. Normal aniqlikdagi dastgohlar shpindellarini IT5-IT6 kvalitet aniqlikda tayyorlanga tayanch pog’onalarining to’g’ri geometrik shakldan og’ish xatoliklari shu pog’ona diametriga qo’yilgan qo’yimni 50 % dan ortmasligi kerak. Yuqori aniqlikdagi dastgohlar shpindellarining IT4-IT5 kvalitet aniqlikda tayyorlangan pog’onalari uchun bu kattalik 25% ni tashkil etsa, pretsizion dastgohlarda ularning diametrlariga qo’yilgan og’ish chegaralari qo’yimi 1,5-3 mkm bo’lgan holda 0,3-0,5 mkm dan ortmasligi kerak. Bu pog’onalarning yuza tozaligi normal aniqlikdagi dastgohlar uchun Ra 1,25-0,63 mkm, yuqori aniqlikdagi dastgohlar uchun Ra 0,32-0,16 mkm, pretsizion dastgohlarni shpindellarida esa Ra 0,16-0,08 mkm bo’lishi talab etiladi. Mexanik ishlov berilgandan so’ng tez aylanuvchi shpindellar dinamik muvozanatlanadi. 22-rasm. Tokarlik dastgohlari shpindelining eskizi. Shpindellar odatda, uglerodli po’lat 45 dan, legirlangan xromli 20X; 40X; xrom-nikelli 40XN, 12XN2, 12XN3 va boshqa po’latlardan tayyorlanadi. Og’ir dastgohlarning shpindellarini tayyorlash kulrang cho’yan SCH-15 yoki SCH-21, tayanch pog’onalari azot bilan to’ydirilgan odifikatsiyalangan cho’yan 35XYUA dan tayyorlanadi. Barcha shpindellarning tayanch pog’onalari va flanetsni konus teshigi yuqori chastotali tok ostida yoki ximik-termik ishlov berish usuli bilan toblanadi (yuzalarning sirt qismlari). Shpindellarni xomashyolari ishlab chiqarish turiga va konstruktiv tuzilishiga qarab donali va kichik seriyali ishlab chiqarishda prokatdan va flanetsni hosil qilish uchun bolg’alash usulida olinadi. Ko’p seriyali ishlab-chiqarish sharoitida esa shtamplanadi. Xomashyo tayyorlashning zamonaviy ilg’or usuli bu flanetsni va bo’ylama o’q bo’yicha o’ynashgan teshikni hosil qilgan holda shtamplash hisoblanadi. Download 63.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling