«Iqtisodiyot» fakulteti «Menejment» kafedrasi
Donali va kichik seriyali ishlab-chiqarish
Download 63.2 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-rasm. Tokarlik-gidrokopirlash dastgohlarida shpindel pog’onalariga ishlov berish jarayoni.
- 26-rasm. Bo’ylama yo’nalishda ochiq teshiklarga ega bo’lgan shpindel uchun ikki konusli asos (opravka).
Donali va kichik seriyali ishlab-chiqarish sharoitida tashqi yuzalarga qora va yarim toza ishlov berish shpindelni pog’onalarini tokarlik dastgohlarida birin-keyin yo’nish bilan amalga oshiriladi.
O’rta va ko’p seriyali ishlab-chiqarish sharoitida tokarlikgidrokopirlash dastgohlari keng qo’llaniladi. Bu sharoitda shpinldelga 4 marta-chapdan, o’ngdan va qora hamda yarim toza ishlov berish ko’rinishida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tokarlik-gidrokopirlash dastgohining ko’ndalang supportlaridagi kesuvchi asboblar shpindeldagi ariqchalarni ochish, faskalarni olish, sirtlani yo’nish va shu kabi ishlov berish turlarini bajaradi (25-rasm). So’ng shpindelni old va orqa konus teshigi vertikal parmalash datgohida avval pog’onali keyin esa konus shaklidagi zenkerlar yordamida ketma-ket zenkerlanadi. Keyinchalik har ikki konus teshiklari tokarlik dastgohlarida yo’nib kengaytiriladi va sirt yuzalari ham yo’niladi. Orqa konus teshigi shpindelga keyingi ishlov berish jarayonida texnologik yuza vazifasini bajaradi va ikki konussimon probkaga yoki ikkita konussimon asosga (opravkaga) o’rnatiladi, bu o’rnatish elementlarida markaziy teshiklar ochilgan bo’ladi. 25-rasm. Tokarlik-gidrokopirlash dastgohlarida shpindel pog’onalariga ishlov berish jarayoni. Termik ishlov berishdan so’ng har ikki konus tokarlik dastgohlarida yarim toza ishlanadi, bu o’z navbatida teshiklarni tayyorlashdagi xatoliklarni kamaytiridi. So’ngra old konus teshigidan o’rnatish yuzasi sifatida foydalanib, flanetsdagi teshiklar parmalanadi. Parmalash radial-parmalash dastgohida (nakladnoy) qoplanuvchi konduktorlardan foydalanib bajariladi. 26-rasm. Bo’ylama yo’nalishda ochiq teshiklarga ega bo’lgan shpindel uchun ikki konusli asos (opravka). Shpindelni tashqi aylanish yuzalariga toza ishlov berish yuqori aniqlikdagi tokarlik dastgohlarida bajariladi. Shpindel har ikki konus teshiklari bo’yicha o’rnatiladi (26.-rasm): termik ishlov berilgan shpindel pog’onalarini yo’nish T30K10 qattiq qotishmasidan yoki yuqori qattiqlikdagi sintetik materiallardan tayyorlangan (teksoni, kubonit va boshqa) plastinkali keskichdan foydalanib amalga oshiriladi. Shpindel pog’onachalari rezpbalarni ochishda tokarlik vint qirqish dastgohlaridan foydalaniladi. Buning uchun rezpba ochish keskichlari yordamida bir necha marta qora ishlanib keyin 2-3 marta toza o’tish bajariladi. Ko’p seriyali ishlab-chiqarishda bu amalni bir necha o’lchamli rezpba frezerlash asbobidan foydalanib rezpba frezerlash dastgohlarida bajariladi. Rezpba frezerlash detalning 1,2 aylanishida bajariladi (0,2 aylanish radial yo’nalishdagi uzatishda frezani to’la kesish chuqurligiga kirishi). Shponka uyalari, shlitsali yuzalarni frezerlash shpindelni konus teshiklari bo’yicha o’rnatilgan holda bajariladi (26-rasm), chunki bu usul ularni shpindel o’qiga paralelligini ta’minlaydi. Shponka uyalari shponka frezerlash asboblaridan foydalanib vertikal frezerlash dastgohlari (donali va kichik seriyali ishlabchiqarish) va shponka frezerlash dastgohlarida mayatnik ko’rinishidagi uzatishlar yordamida (o’rta va ko’p seriyali ishlabchiqarish) amalga oshiriladi. Xuddi shu ishni gorizontal-frezerlash dastgohlarida shakldor disksimon freza yordamida (kopirlash usuli) va ikkita o’tuvchi hamda bitta radiusli freza yordamida bajarish mumkin. Ko’p seriyali ishlab-chiqarishda shlitsalarni sidirish yoki shlitsa randalash usullaridan ham foydalaniladi. Shlitsali yuzalar jilvirlanadi. Bu jarayon shlitsali yuzalarni ularning ichki yoki tashqi diametri yoki shlitsani yon yuzalari bo’yicha markazlanganda ham qo’llaniladi. Shpindellarni tsilindrik tayanch yuzalari konus teshiklariga o’rnatilgan asoslarni (opravka) markazlari bo’yicha o’rnatilgan holda aylanma-jilvirlash dastgohlarida bajariladi. Konussimon tayanch yuzalar, flanetsni sirt yuzalari (22-rasm) sirt jilvirlash dastgohlarida jilvir toshini to’g’rilangan sirti bilan jilvirlash babkasini ma’lum burchakka burib amalga oshiriladi. Shpindelni old konus teshigi flanets tomonidan ichki yuzalarni jilvirlash dastgohida jilvirlash babkasini ma’lum burchakka burib amalga oshiriladi (27-rasm). Pretsizion dastgohlarni shpindellarini tayyorlashni o’ziga xos tomonlari quyidagilardan iborat: 1. Qoldiq ichki kuchlarni kamaytirish uchun shpindelga dag’al ishlov berilgandang so’ng termik ishlov berish yo’li bilan normallashtiradi va keyingi mexanik ishlov berish davrida 1-2 marta sunpniy ravishda eskirtiriladi. 2. Tayanch pog’onalari va old konus teshigining tozaligini Ra 0,08-0,04 mkm ga yetkazish maqsadida bu yuzalar 3-4 marta jilvirlanadi keyinchalik supperfinishlanadi yoki pritirkalanadi. 3. Shpindel albatta dinamik muvozanatlanadi. 4. Old konus teshigini yakunlovchi jilvirlash shpindel dastgohiga yig’ilgandan so’ng ko’chma ichki yuzalarni jilvirlash qurilmasidan foydalangan holda bajariladi. Download 63.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling