Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish
Download 80.97 Kb.
|
xudoyqul amaliyot hisoboti
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat budjetini qabul qilayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish: 1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat budjeti daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni to‘g‘rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) budjet taqchilligini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari; 2) kreditlar (qisqa muddatli, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli); 3) O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 4) budjet daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilgan barcha mablag‘ jalb qilishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim etadi. Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat ko‘rsatuvchi va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Download 80.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling