Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul
Download 80.97 Kb.
|
xudoyqul amaliyot hisoboti
Budjet tizimi — mamlakat hududida amal qiluvchi barcha byudjetlar majmui. Budjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi. Moliya yiliga moʻljallangan barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish OʻzRning milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 4-m.si). Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
byudjet tasnifi tizimi, hisob — byudjet xujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi; byudjet tuzilishining OʻzR maʼmuriy — hududiy tuzilishiga muvofiqligi; turli darajadagi byudjetlarning oʻzaro bogʻliqligi; Davlat byudjeti balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va xarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish; Davlat byudjeti xarajatlarini byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida va xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish; barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 5-m.si) Ushbu Qonun: O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini; O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini; Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini; Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini; Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; Davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi. Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Download 80.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling