Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari


Download 80.97 Kb.
bet5/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi;
Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
budjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
III. DAVLAT BUDJETI
Davlat budjeti tuzilmasi
Davlat budjeti:
respublika budjetini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Tumanlarga bo‘linadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Budjet tasnifi
Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.
Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Budjet tasnifi:
Davlat budjeti daromadlarining tasnifini;
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Budjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling