Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish


Download 80.97 Kb.
bet7/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish
Davlat budjeti taqchilligi:
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish;
respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Respublika budjeti daromadlari
Respublika budjeti daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Respublika budjeti xarajatlari
Respublika budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘i oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari shaklida;
6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
7) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;
9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling