Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar


Download 80.97 Kb.
bet10/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg‘armalar tashkil etishga;
2) mablag‘ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘dan ortiqroq mablag‘ sarflashga (ushbu nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) budjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ta’mirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalarini berish hollari bundan mustasno.
V. DAVLAT BUDJETINI TAYYORLASh, KO‘RIB ChIQISh VA QABUL QILISh
Budjet so‘rovi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:
tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga;
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga buyurtmalar tuzish uchun — respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilarga budjet so‘rovi yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari budjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari ushbu ko‘rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida:
tegishli budjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun — tuman va shahar hokimlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan budjet mablag‘lari olishga buyurtmalar tuzish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilarga budjet so‘rovlari yuboradi.
Viloyatga bo‘ysunadigan shaharlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hokimlari budjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Tuman va shahar hokimliklarining moliya organlari ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning budjetlaridan budjet mablag‘lari olish uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun — shu tuman va shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarga budjet so‘rovlari yuboradi.
Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling