Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


Download 80.97 Kb.
bet12/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

Budjetnoma
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o‘z ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
2) o‘tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
3) kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;
4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;
5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlariga sharhlar;
6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
7) kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning o‘n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Davlat budjetining qabul qilinishi
Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Davlat budjetiga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlari — belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.

Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling