Davlat budjetining budjet mablag‘lari oluvchilarga yetkazilishi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari daromadlari va xarajatlari miqdorini, shuningdek kelgusi moliya yili uchun ularga respublika budjetidan ajratiladigan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari miqdorini va budjetga oid boshqa ko‘rsatkichlarni — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi e’tiboriga Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar e’tiboriga ular uchun belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida yetkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muddat ichida:
davlat soliq xizmatining tegishli mahalliy organlari e’tiboriga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdorini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar e’tiboriga ular uchun belgilangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorlarini yetkazadi.
VI. DAVLAT BUDJETINING IJROSI VA UNING IJRO ETILIShINI NAZORAT QILISh
Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish
Davlat budjeti daromadlari ushbu Qonunga, soliq, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.
Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning o‘ttiz birinchi dekabrigacha Davlat budjetiga to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga o‘tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |