Kurs ishi bajardi


Download 0.71 Mb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1263522
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
variant-1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«Elektronika va avtomatika» fakulteti
«Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari» kafedrasi
«Boshqarish nazariyasi» fanidan


KURS ISHI
Bajardi: S 30A-19 IAT guruh
talabasi: Mirzakamolov I.
Qabul qildi: Sapayev M.
Narzullayev Sh.

Toshkent– 2022




KIRISH
Avtomatlashtirishning maqsadi ishlab chiqarish jarayonlari, texnik obyektlardagi boshqaruvda inson aralashuvini kamaytirishdan iborat.Hozirgi kunda texnologik jarayonni avtomatlashtirish ishlab chiqarishni o’sishida, qishloq xo’jaligini intensiv rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunga ko’ra, “Avtomatik boshqarish nazariyasi” ning asosiy vasifasi avtomatik boshqarish sistemalarini zamonaviy matematik usullar va texnik vositalar asosida tuzish va funksiyalashtirishning asosiy prinsiplarini o’rganishdir.
Bu fanning kelib chiqishidan maqsadi XX asrdagi rivojlanish davrida fan va texnika rivojlanishi, mexanizatsiyalangan jarayonlarning ishini, inson tomonidan sodir bo’ladigan subyektiv xatoliklarni kamaytirish, ish samaradorligini oshirish va boshqa ko’p faktorlar bo’lgan. Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari katta tеzliklarda sоdir bo’ladi, ularning uzluksiz ishlaydigan turlari ko’payib, murakkablashib bоradi. Sanоat uskunalarining kattalashib va kеngayib bоrishi, ular katta aniqlikda ishlashining talab qilinishi, bоshqarishni tashkil qilish uchun e’tibоrga оlinishi kеrak bo’ladigan aхbоrоtlar sоnining juda ko’payib, murakkablashib kеtishiga sabab bo’ldi. Bunday sharоitda bоshqarish funksiyasini bajaruvchi оdam bоshqarish bilan bоg’liq bo’lgan bir qatоr qiyinchiliklarga duch kеladi.Endi u ishlab chiqarish jarayonlarining o’tishi to’g’risidagi aхbоrоtlarga tеz ishlоv bеrib ulgurоlmaydigan bo’lib qоladi.Shu sababli aхbоrоtlar asоsida o’z-o’zidan, оdamning ishtirоkisiz ishlaydigan yordamchi tехnik vоsitalarni yaratish zarurati tug’iladi.
Dinamik boshqariluvchi jarayonlar tirik organizmlarda, umumlashgan inson va mashina bog’liqligidagi sistemalarda mavjud bo’lib, ularni e’tiborga olmaslik katta yo’qotishlarga olib keladi. Hozirgi kunda avtomatik boshqarish nazariyasi turli xil tabiatdagi (fizik, kimyoviy, biologik va boshqalar) avtomatik boshqarish sistemalarini o’rganishda (ularni analiz qilish va sintezlash) yaxlit ilmiy dasturi bo’lib hisoblanadi. Jarayonlarni avtomatlashtirishga talab ortgan sari bu fanni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ortayapti va shu yo’lda fanning o’zi ham takomillashib borayapti.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling