Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish


Download 80.97 Kb.
bet18/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish chog‘ida:
turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
turli darajadagi budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;
budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazadi;
tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat ko‘rsatuvchining) bevosita hisobvarag‘iga budjet mablag‘larini oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;
budjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot
Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi.
Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpog‘iston), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman budjetining hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli budjetlarning hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqib ma’qullanganidan keyin bu hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamg‘armalariga mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o‘tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o‘ninchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o‘n beshinchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling