Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul
Qabul qilingan Davlat budjeti bo‘lmagan taqdirda budjetni ijro etish tartibi
Download 80.97 Kb.
|
xudoyqul amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish
Qabul qilingan Davlat budjeti bo‘lmagan taqdirda budjetni ijro etish tartibi
Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda Davlat budjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi: boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan xarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi”; budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari har choraklik oyma-oy bo‘lingan muvaqqat xarajatlar smetasi va budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi; avvalgi moliya yilida qilinmagan budjet xarajatlari amalga oshirilmaydi; avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliq solish va majburiy to‘lovlar to‘lash tartibi Davlat budjeti qabul qilingunga qadar o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili mobaynida qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiqlashtirilishi kerak. Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining kamaytirilishi boshqa budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining tegishli ravishda ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda: 1) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foiziga qadari: Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno); 2) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foizidan ortig‘i: Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan; respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — tegishli moliya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi. Budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ayrim moddalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) boshqa moddalar bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lari teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur budjet mablag‘lari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining o‘n besh foiziga qadar ko‘paytirilishi mumkin. Budjetdan ajratilgan mablag‘larga mazkur o‘zgartirishlar: 1) respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. Download 80.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling