Iqtisodiyot” fakulteti “Moliya” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli 4-bosqich talabasi Ismatov Xudoyqul


O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari


Download 80.97 Kb.
bet20/26
Sana21.06.2023
Hajmi80.97 Kb.
#1639423
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
xudoyqul amaliyot hisoboti

O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kafolat jamg‘armasi
Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida kafolat jamg‘armasi tuziladi.
Kafolat jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.
Taʼrif davlat budjeti — moliyaviy rejalar tizimida etakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi:

  • davlat budjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi;

  • davlat budjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.

Davlat budjetining mohiyati[

  1. — davlat mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;

  2. budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.

Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi.
Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — bu , ijtimoiy-madaniy tadbirlar, va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.
Byudjet (ing. budget — hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. B. davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. B.ni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. B.da harajatlarning daromadlardan ortib ketishi B. taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (qarang Byudjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining B. tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil 14 dekabr) bilan tartibga solinadi.
Budjet tuzilishi — byudjet tizimining tashkil etilishi, uni tuzish prinsiplari hamda bu tizim ayrim boʻgʻinlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa. Davlatning Budjet tuzilishi byudjetlarning turlari, ularning har biri yoʻnalishi (byudjet tizimi), byudjetlar ayrim turlari oʻrtasida daromadlar va xarajatlar taqsimlanishi, ular funksiyalarining prinsiplari, vakolatli va ijroiya xokimiyati markaziy va mahalliy organlarining vakolatlarini belgilab beradigan yuridik normalarga asoslanadi. Demak, oʻz mazmuniga koʻra Budjet tuzilishi tushunchasi byudjet tizimi tushunchasiga nisbatan ancha keng ekan. Bizning Respublikamiz byudjet qonunchiligida esa, ushbu teng boʻlmagan tushunchalar oʻrtasida tenglik belgisi quyilgan boʻlib, „Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 4-m.sidagi taʼrif bunga dalil boʻla oladi.


Smeta (rus.) — oldindan tuzilgan kirim-chiqim hisobi. 1) Xarajatlar S.si — mahsulot i.ch., ish, xizmatlarni bajarish boʻyicha toʻliq xarajatlar hisobi; 2) daromadlar va xarajatlar S.si — korxona, tashkilot, muassasaning xoʻjalik faoliyatini moliyalashtirishda foidalaniladigan pul mablag'lari tushumlari va ularni sarflash boʻyicha hujjatlashtirilgan buxgalteriya rejasi. Baʼzan i.ch.ga, obʼyektlarni qurishga alohida xarajatlar S.si tuziladi; 3) S. boʻyicha moliyalashtirish — xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan xarajatlar hisoblariga koʻra, davlat byudjetidan pul mablag'lari ajratish. Smeta hujjatlarining tarkibi va maqsadi.
Umumiy versiyada smeta hujjatlari qurilish tashkilotlariga rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlarining narxi haqida ma'lumot beradi. Hisoblangan smeta, ob'ekt yoki yig'ma smeta asosida kelgusi ishlarning qiymati aniqlanadi va shartnoma tuziladi. Tayyor qurilish smetasi qurilish narxini batafsil rejalashtirishga yordam beradi va kelajakda qurilish ishlarining tarkibi va narxini o'zgartirishga yo'l qo'ymaydi.

Download 80.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling