Iqtisodiyot fakulteti mustaqil ish fan: Mirkoiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot mavzu


Download 0.51 Mb.
bet2/6
Sana21.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1793320
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul bozorida muvozanat

M · V = P · Y
Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YAIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo`lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o`zgarishi mumkin. V doimiy bo`lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo`ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y
M= -----------
V*
P · Y – nominal YAIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o`zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YAIM o`zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko`ra hukumat pul massasining o`sish sur`atini, real YAMMning o`rtacha o`sish sur`ati darajasida ta`minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo`ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko`rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko`rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko`rinishda hisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi.
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko`rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi:

  1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);

  2. ehtiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan holatlar uchun ma`lum miqdorda naqd pullarni saqlash);

  3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga talab).

Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi,
ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo`lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo`lda ushlab turgan sharoitda yo`qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta`sir qilganidek, naqd pullarni qo`lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi.
Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko`rinishda yozamiz:

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling