Iqtisodiyot fakulteti tarmoqlar va sohalar boyicha jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan


 Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari


Download 289.59 Kb.
bet3/10
Sana25.04.2023
Hajmi289.59 Kb.
#1396343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
iqtisodiyot integratsiya (1)

2. Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari
Jahon xо‘jaligi nima? Zamonaviy jahon xо‘jaligi bu - bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga buysunuvchi, о‘zaro bog‘liq bо‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir. Jahon xо‘jaligi rivojlanishinig bosqichlari. Vujudga kelish va rivojlanishda uzoq va qiyin yо‘l bosib о‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davriga bog‘lashadi. Bunda ular Rim imperiyasini о‘sha vaqtdagi butunjahon xо‘jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar Jahon xо‘jaligi faoliyat kо‘rsata boshlagan vaqtni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va kо‘llar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bо‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xо‘jaligi cheklangan bо‘lib, faqat savdogarlar sarmoyalari ishlaydigan soha edi.
Zamonaviy jahon xо‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapital monopol bosqichiga о‘tishi davomida vujudga keldi. XIX asr oxiri-XX asr boshidagi jahon xо‘jaligi XXasrning 60-90-yillaridagi jahon xо‘jaligidan sezilarli farq qiladi.
XX asrdagi jahon xо‘jaligi «kapital kuchiga» nisbatan kо‘p jihatdan oddiy kuchga, iqtisodiyotga yot bо‘lgan majburiyatlarga asoslangan edi. Bu davrdagi jahon xо‘jaligida о‘tkir qarama-qarshiliklar mavjud edi. Bu esa uni nobarqaror qilardi. Bu imperialistik mamlakatlar о‘rtasidagi qarama-qarshiliklar (ikkita jahon urushiga olib kelgan), shuningdek, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar о‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir. XX asr о‘rtalariga kelib jahon xо‘jaligi ikki qismga: jahon kapitalistik va jahon sotsialistik xо‘jaliklarga bо‘lingan edi. Jahon
iqtisodiy aloqalari tizimida jahon kapitalistik xо‘jaligi ustunlik qilar edi. 90-yillar boshida xalqaro savdo tovar aylanmasining 10 dan 9 qismi jahon kapitalistik
xо‘jaligi doirasida ruy berardi; 80-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy ayirboshlash kanallari orqali kapitalistik dunyo umumiy yalpi mahsulotining bor-yо‘g‘i 5dan 1 qismi sotilardi xolos.

Download 289.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling