Iqtisodiyot fakulteti tarmoqlar va sohalar boyicha jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan


Download 289.59 Kb.
bet9/10
Sana25.04.2023
Hajmi289.59 Kb.
#1396343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
iqtisodiyot integratsiya (1)

3.2.Tashqi iqtisodiy aloqalar. 
О‘zbekiston mustaqillikni qо‘lga kiritishiga qadar mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyat sobiq Sovet Ittifoqining tegishli vazirliklari ixtiyorida bо‘lgan. О‘sha davrlarda respublika vazirliklari ichki xо‘jalik aloqalarini amalga oshirish bilan chegaralanib qolgan edi. О‘tgan asrning 80-yillari 2-yarmida О‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari faoliyat kо‘rsata boshladi. О‘zbekiston bir qancha xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘yishga kirishdi. Bu masala respublika rivojining ustuvor, davlat siyosatining muhim yо‘nalishlaridan biri bо‘lib qoldi.
Bu yо‘nalishda dastlab, “О‘zbekxorijsavdo” (“О‘zbekinotorg”) birlashmasi faoliyat kо‘rsatdi. Uning negizida 1990 yil 12 iyulda О‘zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qо‘mitasi tashkil etildi. 1992 yil 12 fevralda bu davlat qо‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi.1
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 17 noyabrdagi “Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini qayta tashkil etish” tо‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qayta tashkil qilindi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish tо‘g‘risida” gi farmoniga asosan О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va tashqi savdoni yanada erkinlashtirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida” gi farmoniga asosan, О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.



XULOSA


Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiyotning eng muhim о‘lchovlaridan biri ma’lum iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va xalqaro raqobatbardoshlilik doirasida (soha va makroiqtisodiy darajada) kapital quyilmalar, texnologiyalar, axborot oqimini rag‘batlantiruvchi qulay investitsion muhitdir. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning absolyut ochiqligi yо‘q.1
Stixiyali ochiqlik nafaqat iqtisodiy rivojlanish yordam bermaydi, balki iqtisodiy xavfsizlikka xavf tug‘diradi. Samaradorlik, raqobatbardoshlik, milliy xavfsizlik tamoyillari asosida kо‘rilgan ochiqlik eksport strukturasi va kapital harakati, shuningdek ular tashqi dunyo bilan о‘zaro ta’sirining faqat shakliga emas, balki valyuta, soliq, kredit va investitsiya siyosatini hisobga olmasdan turib tushunib bо‘lmaydi.
Ochiqlik miqdorining 1-darajali indikatoriga eksport va importning ichki yalpi mahsulotdagi ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi. 



Download 289.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling