Iqtisodiyot fakulteti tarmoqlar va sohalar boyicha jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning konseptual asoslari


Download 289.59 Kb.
bet2/10
Sana25.04.2023
Hajmi289.59 Kb.
#1396343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
iqtisodiyot integratsiya (1)

1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning konseptual asoslari
Ma’lumki, globallashuv - yaxlit jahon xo'jaligining shakllanishi, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashuvining jadallashishi natijasida milliy iqtisodiyotlaming bir-biriga chuqur bog'liqligi, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, uning keng transmilliylashishi jarayonini anglatadi. Integratsiyalashuv uning muhim bosqichlaridan biridir. «Iqtisodiy integratsiya» atamasi XX asrning 30-yillarida nemis va shvesiyalik iqtisodchilarning asarlarida paydo bo‘ldi1, biroq bugungi kunda uning bir nechta o‘nlab ta’riflari mavjud. «Integratio» so‘zi lotin tilidan tarjima qilinganda birlashish, toldirish, «integrare» - yaxlitga aylantirish ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, integratsiya — qismlarni muayyan yaxlitlikka umumlashtirish, birlashtirish jarayonidir. XIM sohasiga tatbiqan. «Xalqaro iqtisodiy integratsiya» deganda bir qator mamlakatlar takror ishlab chiqarish jarayonlarining bosqichma-bosqich birlashishiga olib boradigan, milliy xo‘jaIiklar o‘rtasida ehuqur barqaror o‘zaro munosabatlar va mehnat taqsimotining rivojlanishi asosida ishlab chiqarish baynalmilallashuvining yuqori darajasi tushuniladi.
1.2. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya - bir nechta mamlakatlaming mintaqaviy darajadagi qo‘shma faoliyatini ko‘zda tutadi, ular iqtisodiyotini u yoki bu turdagi yagona mintaqaviy xo‘jalik majmuasign birlnshtirishga olib boradi. Biroq, miiammo «birlashtirish», «umumlashtirish», «yaxlitiik» tushunchalariga qanday mazmun kiritilayotganidan iborat. Taniqli fransuz iqtisodchisi R.Aron ta’kidlaganidek: «Agar tovarlar, kapital va insonlaming muayyan miqdordagi iqtisodiy birliklar o‘rtasidagi harakati mazkur birliklardan har birining ichidagi kabi erkin amalga oshirilsa, u holda ushbu birliklar umumlashlirilgan». Integratsiyalashayotgan mamlakatlar o‘rtasida tovarlar va ishlab chiqarish omillari harakatining to‘liq erkinlashtirilishi natijasida tashkil topadigan yagona iqtsodiy makon raqobatdosh firmalar sonini oshirish va «miqyos iqtisodiyoti» samaralaridan foydalanishga imkon beradi. 2Mintaqaviy uyushmalar hamkor-mamlakatlar iqtisodiyoti «biriashuvi»ning chuqurligi va tavsifi, tanlangan integratsion strategiya va institusional tuzilmasi, ularning faoliyat sohalari va miqyoslari a’zo mamlakatlaming soni, ijtimoiy-madaniy jihatlariga kо'ra farq qiladi.
Jahon xо‘jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining о‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо‘lmoqda.
Shunisi xarakterliki ushbu barcha о‘zaro hamkorlik, yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xо‘jaliklarni mustahkamlashga intilishi oqibat natijada jahon xо‘jaligining yanada kо‘proq baynalminalashuviga, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmillatli korporatsiyalar) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning о‘ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng kо‘p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni о‘rganadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1.Xalqaro mehnat taqsimoti.
2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariya va amaliyotini о‘rganish paytida biz jahon xо‘jaligi degan tushunchaga duch kelamiz. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning obyektiv asosi bо‘lgan jahon xо‘jaligi XIM nazariya va amaliyoti tadqiqotining maxsus о‘rganish obyekti emas. Ammo u, XIM muammolarini kо‘rib chiqishda muhim komponent hisoblanadi.

Download 289.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling