Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalar
2-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyalar yalpi sarflarning asosiy tarkibiy unsurlaridan biri hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, milliy iqtisodiyotdagi ko’plab mutanosibliklar investitsiya hajmining o’sish sur’atiga bog’liq bo’ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog’liq sarflarni bildiradi. Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi. Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlari (ishchilar, o’qituvchilar, vrachlar va boshqalar)ning jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: - investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari); - davlat byudjeti mablag’lari; - chet elliklar mablag’lari. Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o’zgarib bormoqda (5-jadval). Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag’larining ulushi kamayib, chet el investitsiyalari va kreditlari hamda aholi mablag’larining ulushi oshib bormoqda. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, band qilingan pul kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (masalan, 10 foiz) foiz stavkasi (7 foiz)dan ortiq bo’lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksincha, foiz stavkasi (aytaylik, 12 foiz) kutilayotgan sof foyda normasidan (10 foiz) ortiq bo’lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi. 1. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari. 2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. 3. Texnologik o’zgarishlar. Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling