Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


«Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to’lashdan manfaatdor bo’lishi kerak» deb takidlab utdilar


Download 2.53 Mb.
bet128/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

«Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to’lashdan manfaatdor bo’lishi kerak» deb takidlab utdilar. Prezidentim Shavkat Mirziyoev
Bu borada Prezidentimizning 2018 yil 17 apreldagi iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, debitor-kreditorlik, shu jumladan, byudjet oldidagi qarzlarni qisqartirish masalalari yuzasidan o’tkazilgan majlis bayoni orqali berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda 2018 yilda muayyan ama-liy ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yil mobaynida 1881,1 mlrd. so’m miqdorida mablag’ undi-rilib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga (746,7 mlrd. so’m) nisbatan 1134,4 mlrd. so’mga ko’payishiga erishildi. Shuningdek , 11,2 mingta qarzdorlarning 2,5 trln. so’m qiymatidagi mol-mulklari, shundan 1441 ta bino va inshoot, 1618 ta transport vosi-talari va 11063 ta boshqa turdagi mulklari xatlandi. Prezidentimizning 2018 yil iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga muvofiq, 2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo’qotgan jismoniy shaxslar, faoliyatini to’xtat-gan yakka tartibdagi tadbirkorlar, davlat ro’yxatidan o’tmasdan tadbirkorlik fa-oliyati bilan shug’ullangan jismoniy shaxslarga nisbatan qo’llanilgan moliyaviy jarimalar, qat’iy soliq va hisoblangan penyalar mazkur shaxslar o’z faoliyatini tiklasa yoki davlat ro’yxatidan o’tgan hollarda soliq qarzi hisobdan chiqarilishi, 111,6 ming nafar fuqaroning 664,1 mlrd. so’mlik soliq qarzi ular tomonidan 2019 yil 1 yanvarga qadar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishi, fao-liyatini tiklashi hisobiga kechilishi belgilandi. Bugungi kunda 27,4 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklashi, shuningdek, belgilangan tar-tibda ro’yxatdan o’tishi hisobiga ulardagi 471,2 mlrd. so’mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to’lashdan manfaatdor bo’lishini, insofli, halol soliq to’lovchi-larni rag’batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash tizimini qo’llash orqali barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etishdan ibo-ratdir.
Umumiy qilib aytganda, soliqlarni undirish jarayonida soliq to’lovchilarning soliqlarning ob’ektiv zarurligini to’liq anglab etishi, ularning soliqlardan qochishi yoki to’lashdan bo’yin tovlashining o’zining taqdiriga salbiy ta’sir qilishini, soliqlar davlat ravnaqining moliyaviy asoslaridan biri ekanligi, soliqlarga farz sifatida qarash kabi holatlarning o’rni katta bo’lib, bu bevosita soliq to’lovchilarning psixologiyasi bilan bog’liq bo’lib, u esa soliq madaniyatining darajasini bildiradi. Aholining davlat oldidagi ijtimoiy qarzlari bilan birga soliqlar borasidagi qarzlarining muhimligini anglab etishi ularning iqtisodiy madaniyatining da-rajasini belgilovchi asosiy mezoni hisoblanadi. Soliqlarni to’lamaslik, soliq to’lashdan bo’yin tovlash, soliq to’lovchi sifatida ro’yxatda turmaslik va boshqa shu kabi soliq huquqbuzarlik hamda soliqqa oid jinoyatlar esa soliqlarning huquqiy munosabatlar bilan chambarchas bog’liq holda bo’lishini bildiradi.
Bir tomondan davlat tomonidan oqilona soliq siyosatining tashkil etilishi, bu hali bunday manfaatlarni uyg’unlantira olmaydi, buning uchun soliq to’lovchilarda yuqori darajadagi soliq madaniyati shakllanishi lozim bo’ladi. Soliq siyosatida soliq imtiyozlari va preferentsiyalarni berish bilan birga soliq to’lovchilar tomonidan bunday imtiyoz va preferentsiyalardan o’rinli foydalan-gandagina bunday engilliklar samara beradi, aks holda esa byudjet manfaatlariga putur etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq to’lovchilarda o’ziga xos egoizm xususiyatlarining saqlanib qolishi, soliqlardan qarzdorlik, soliqlardan qochish holatlari uchrab turadi va bu ham byudjet manfaatlariga zid keladi. Demak, soliq to’lovchilar va byudjet manfaatlarining to’g’ri kesishuvi bu soliq qarzdorligi deyar-li yo’qotilganligi, soliq to’lovchilarning soliq madaniyati yuqoriligi, byudjetdan berilayotgan subsidiyalarning samarasi yuqoriligini bildiradi. Bunga esa uzoq vaqt davomida erishiladi.



Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling