Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
3.Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’planib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, pul mablag’lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki paytda respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq mablag’ ajratishga majbur bo’ldi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to’g’ri keladi. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: Иқтисодий ресурслар, имкониятлар Ишлаб чиқариш ёки хизмат кўрсатиш даражаси Эҳтиёжларнинг қондирилиш даражаси Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling