Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet7/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o’ylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinchisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy kategoriya - ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Shuning uchun, har bir iqtisodiy qonun atrofida ikki yoki bir nechta ilmiy tushunchalar bo’lishi mumkinki, ularni bilmasdan turib iqtisodiy qonunning mazmuniga tushunish va uning tabiatini bilish qiyindir. Masalan, biz yuqorida aytganimizdek, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun narx va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur bo’lsa, qiymat qonunini tushunish uchun tovar, pul, qiymat, narx, mehnat, kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo’lishimiz lozim.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
Xulosalar:
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksiz o’sib borishi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o’rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo’lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni echish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi:
a) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
b) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab—tergab, samarali foydalanish;
v) fan–texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish;
g) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi.
2. «Iqtisodiyot » fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy asosidir. U fundamental fan bo’lib, odamlarning hayot faoliyatiga yo’naltirish beradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
3. Iqtisodiyot jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi ijtimoiy fan bo’lib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
4. Iqtisodiyot nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri hal qilib bo’lmaydi.
5. «Iqtisodiyot» fani doirasida inson va jamiyatning yashash faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish mumkin.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling