Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


-rasm.Pulga bo’lgan talab


Download 2.53 Mb.
bet106/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

3.9.6-rasm.Pulga bo’lgan talab

Pt Pa Ph



a) Bitim uchun pulga talab b) Investitsiyalar uchun pulga talab v) Pulga bo’lgan umumiy talab
Keyns nazariyasida pulga bo’lgan talabni iqtisodiyot sub’ektlari o’z boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib chiqib aniqlashga harakat qilinadi.
Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning transaksion (to’lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko’zda tutilmagan harajatlar bo’lishini hisobga olish) va olib – sotarlik (moliyaviy aktivlarning kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo’qotishdan qochish xoxishi) motivi asosida unga bo’lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi.
Keyns pulga bo’lgan talab nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog’liq deb hisoblaydi: nominal daromad pulga bo’lgan talabga to’g’ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta’sir ko’rsatadi.
Keyns fikricha, muomaladagi pul miqdorining ko’payishi boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o’sishi ro’y beradi va natijada YaIM o’sishi kuzatiladi.
YaIMning o’sishi pulga bo’lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi.
.
3. Pul taklifi va uning multiplikatori.
Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o’zgartirish layoqatiga ega bo’ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qatiy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko’payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko’payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi.
Biroq bitta alohida bank pul massasini ko’paytira olmaydi, barcha banklar birgalikda bunday imkoniyatga ega bo’ladi.
Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik “A”bankning aktivlari 200000 mln so’m bo’lsin, bank uning bir qismini extiyot tarzda Markaziy bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo’yicha to’lovga qobiliyasizlik xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan majburiy extiyot normasi sifatida o’rnatiladi va pul massasi va shu orqali tartibga solish vazifasini bajaradi.

Bankning majburiy extiyotlari


Ehtiyot normasi q
Bankning muddatsiz omonatlari
bo’yicha majburiyatlari

Agar bankning majburiyatlari 200000mln so’m bo’lib, undan 40000mln so’mini majburiy extiyotlarni tashkil esa, uning normasi 20%ni tashkil etadi.


Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Tijorat banklar zarur extiyoyotlardan ortiq mablag’larini boshqa banklarga qarzga beradi.
Agar extiyot normasi 20% deb olsak, “A”bank 40000mln so’mni majburiy extiyot sifatida saqlaydi, 160000mln so’mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. Bank kredit berganda bu summani mijozning joriy hisobiga o’tkazadi. Ssuda olgan tadbirkor o’z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko’rsatuvchi “B”bankga o’tkazadi. Natijada “B”bankda 160000mln so’m yangi pul massasi paydo bo’ldi
Misolni jadvalda ifodalasak u quyidagi ko’rinishni oladi:


Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling