Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini
Eksport multiplikatori ham investitsiyalar multiplikatori singari iste’mol sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, iste’mol yoki jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi:
, bu erda: Mx – eksport multiplikatori koeffitsienti; MRS – jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik; MRC – iste’molga so’nggi qo’shilgan moyillik. Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: , bu erda: Mr – multiplikator; ∆X – eksport hajmining o’sishi. Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo’lmay, balki o’z ichiga importni ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg’arma singari boy berilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matematik ifodalarda manfiy ishora bilan qo’llaniladi. Importni jamg’arish funktsiyasiga o’xshagan holda tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga so’nggi qo’shilgan moyillik tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o’zgarishining daromad o’zgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. Natijada import multiplikatori formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: , bu erda: MRM – importga so’nggi qo’shilgan moyillik. Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o’zgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin: . Tashqi savdo multiplikatori cheksiz harakatda bo’lmaydi. Import tovarlarni iste’mol qilishga so’nggi qo’shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo’lganligi sababli navbatdagi qo’shimcha o’sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sekin-asta so’nib boradi. Tashki savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida, mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo’ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o’tishi mumkin. Mamlakatlar o’rtasidagi til va madaniy to’siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o’rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo’yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to’siqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi. 2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o’rtasida tashki savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi. 3. Tashki savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichki savdoga nisbatan qo’llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sezilarli farqlanadi. Tashki savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o’rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xom ashyo, materiallar, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo’lsa, bugungi kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sezilarli darajada o’sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10%ga qadar etdi. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko’rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo’llanmoqda: 1) barter – tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi; 2) eksport qiluvchilar tomonidan etkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish; 3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish; 4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish; 5) kompensatsion bitimlari. Mazkur bitimlar shartiga ko’ra, texnologik asbob-uskunalar etkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko’rinishidagi) bo’yicha to’lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni etkazib berish orqali amalga oshiriladi; 6) bir mamlakatda undirilgan xom ashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo’shimcha xom ashyo etkazib berish orqali to’lash; 7) kliring operatsiyalari, ya’ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv. Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4%, ikki tomonlama xarid – 55%, kompensatsion bitimlar – 9%, kliring operatsiyalari 8%ni tashkil etadi. Tashki savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to’liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan. Protektsionizmning klassik va zamonaviy ko’rinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq protektsionizm siyosatining nazariy asosini merkantilizm tashkil etib, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: - tovarlar importini cheklash; - eksportni har tomonlama qo’llab-quvvatlash; - chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to’lovlari o’rnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash; - tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining o’rnatilishi va h.k. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling