Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
- «Iqtisodiyot » fanidan MISOL VA MASALALAR TO’PLAMI KIRISh
Asosiy tayanch tushunchalar:
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish. Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi. Reimport – iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish. Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi. To’lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va kamchiliklarga ega? Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalanadi? Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? Tulov balanisi va uning tarkibini tushuntiring? Kapital xarakati balanisini tushuntiring? Tashki savdo balanisini tushuntiring? «Iqtisodiyot » fanidan MISOL VA MASALALAR TO’PLAMI KIRISh Yashab turgan davrimizning xususiyati har bir sohaning tubdan va sifat jihatidan yangilanish, oldimizga qo’yilgan maqsadga erishishning aniq vazifalarini ifoda etadi. bu esa har birimizdan qilayotgan ishimizni qayta ko’rib chiqishni va yangicha yondoshuvni talab qilmoqda. «Iqtisodiyot » fani davlatning iqtisodiy siyosatini asoslab berish bilan birga, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan bir davrda yoshlarimizning iqtisodiy bilimga chanqoqligini qondirishdagi asosiy nazriy fandir. Tadbirkorlik sohasi, boshqaruv tizimi bevosita ishlab chiqarish va biznesda ham chuqur nazariy va amaliy bilimlarsiz harakat qilish tahlikali va samarasizdir. Hozirgi kunda daromadning miqdori ham ishchi kuchining malakasi va tajribasiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu borada «Iqtisodiyot» fanidan olgan bilimlarni yanada chuqurroq o’zlashtirishi va talabni mustaqil ishlashga undash maqsadida quyidagi masalar to’plami taklif qilinmoqda. Mazkur masalalar va misollar O’zbekiston Respublikasining hamda chet el iqtisodchilarining kitoblaridagi ilmiy nuqtai nazarlarga tayanadi. Shuning, ularni echishda har bir kishi o’zining hayotiy tajribasiga ham tayanish mumkin. Ushbu qo’llanma Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari talabalari, kollej va litsey o’quvchilari hamda iqtisodiyot nazariyasi bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan. Qo’llanma bo’yicha bildirilgan fikr va mulohazalarni mualliflar minatdorchilik bilan qabul qilib, keyingi qo’llanma ustida ishlashda hisobga oladilar. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling