Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
Xulosalar
1. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi. 2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davlatning faoliyati tushuniladi. 3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi, ya’ni: bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. 4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita ta’sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish ko’zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k. 5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to’lash). Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling