Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Ish xaki va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 2.53 Mb.
bet58/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

1.Ish xaki va unga ta’sir etuvchi omillar.

Har kuni qariyb 143 millionga yaqin Amerikaliklar ishga boradilar. Biz minglab turli hil korxonalarda turlicha kasblarda faoliyat ko’rsatamiz va turli miqdordagi ish- haqi olamiz. Bizning soatbay yoki oylik maoshlarimizni qanday belgilanadi? Nima sababdan etakchi oliy ligadagi beysbol o’yinchisi yiliga $15 million yoki undan ko’proq pul topadi-yu, vaholanki, oddiy maktab o’qituvchisining yillik daromati atigi $50000 ni tashkil etadi. Nima uchun muhandislik va buxgalteriya hisob yo’nalishini tamomlagan talabalarning boshlang’ich oylik maoshlari jurnalistika va jamiyatshunoslik yo’nalishini tamomlarnikidan yuqoriroq?


Ishchi kuchiga bo’lgan talabni belgilovchi asosiy omillar namoyon bo’lgach, endi bu savollarga javob berish maqsadida ishchi kuchiga bo’lgan taklifni muhokama qilamiz. Umuman olganda, har bir kasbda yillik yoki oylik maoshlarni belgilashda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’zaro ta’sirga ega hisoblanadi. Birgalikda, o’sha ishchi va xizmatchilarga to’lanadigan ish-haqilar Amerika resurs ta’minotchilariga to’lanadigan barcha daromatlarning 71 foizini tashkil etadi.
Belgilangan tartibdagi ish haqlar korxona yoki biror muassasa boshliqlariga ishchi kuchi uchun belgilagan narxlar hisoblanadi. Ish haqlar nafaqat bevosita naqd pul to’lovlari, oylik maoshlar, mukofotlar, vositachilik haqi va mualliflik gonorarini o’z ichiga oladi, balki pullik ta’tillar, sog’liqni saqlash sug’urtalari va nafaqalar kabi qo’shimcha imtiyozlarni ham qamrab oladi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, ish haqi iborasi soatbay asosda hisoblanishi mumkin bo’lgan barcha to’lov va foydalarni anglatadi.
Bu bizga tarif stavkasi mehnat xizmatlarining har bir soati uchun to’lanadigan narx hisoblanishini yodga soladi. Shuningdek, keling endi tarif stavkasi bilan mehnat daromadi orasidagi farqni aniqlab olaylik. Mehnat daromadi ishlangan soat miqdorini soatbay tarif stavkasiga ko’paytirish orqali topiladi. Yana, bundan tashqari, nominal ish haqi bilan real ish haqi orasidagi tafavutnini aniqlab olish zarur. Nominal ish haqi bir yil, bir soat yoki bir kunda olinadigan pul maglag’i miqdori hisoblanadi. Real ish haqi esa ishchi nominal ish haqiga sotib olinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmat turlarining miqdori hisoblanadi; real ish haqi nominal ish haqining “sotib olish imkoniyat”ini ko’rsatadi.
Sizning real ish haqingiz nominal ish haqi va siz harid qiladigan tovar va xizmatlarning narxlariga bog’liqdir. Aytaylik, ma’lum yil mobaynida nominal ish haqingiz 5 foizga ko’tarildi, ammo ayni shu yili narxlar darajasi 3 foizga oshdi. Unda sizning real ish haqingiz 2 (q5%-3%) foizga ko’tarilgan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, narxlarning umumiy darajasi o’zgarmay qolaveradi. Ya’ni, biz faqat real ish haqilarni muhokama qilamiz18.
Ish haqining mazmunini to’g’ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo’yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko’pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri frantsuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g’oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, er va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o’rtasida taqsimlanadi, deb ko’rsatadi. Uning bu g’oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo’shilgan omil (so’nggi qo’shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g’oyasiga asos bo’lib xizmat qiladi. Klark o’zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o’rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko’rsatdi.
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko’rsatadilar. Lassalchilar, birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo’lmasdan, uni yaratishda er (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekanligini unutdilar. Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o’rtasida teng taqsimlash zarur degan g’oyalari mutlaqo noto’g’ri bo’lib, bunday holatda mahsulotni ko’paytirishga ishlab chiqaruvchilar o’rtasida hech qanday qiziqish bo’lmasligi o’z-o’zidan tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Ittifoqda mahsulot va daromadlar davlat qo’lida bo’lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g’oya hukmron bo’ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi. Davlat, partiya va xo’jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko’pchilik qismini o’z xohishlaricha davlat foydasiga taqsimladilar va turli yo’llar bilan o’zlashtirib, undan foydalandilar, shu vaqtning o’zida mehnatkashlar o’z mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalarni hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatishga harakat qilamiz:
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, erga esa davlat mulki mavjud bo’lgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta umumjamiyat manfaatlarini ko’zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;
b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i, amortizatsiya summasi ajratib qo’yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;
v) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni bir maromda to’xtovsiz amalga oshirishni kafolatlash uchun sug’urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va mehnatini qo’riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sog’liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko’pdan-ko’p davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, er egalari va ishchi kuchi egalari o’rtasida taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko’rinishini oladi.
Ish haqlar mamlakatlar, hududlar, kasblar va yakka tartibdagi jismoniy shaxslar orasida turli hil darajada belgilanadi. AQShda tarif stavkalari Xitoy yoki Hindistondagidan ancha ko’proq. Tarif stavkasi AQShning janubiga qaraganda shimoliy va sharqiy qismida ham biroz yuqoriroq hisoblanadi. Suvsozlarga AQSh Milliy Futbol Ligasi (AMFL) o’yinchilariga qaraganda kam ish haqi to’lanadi. Bir doktor boshqasiga qaraganda ayni bir soatda bajargan ishi uchun turlicha ish haqi olishi mumkin. Tarif stavkalari, shuningdek, jins, irq va etnik kelib chiqish orasida ham farq qilishi mumkin.
O’rtacha olganda ish haqining umumiy darajalari turli darajadagi tarif stavkalarini o’z ichiga oladi. Bu shuningdek, bank ishchilari, sartaroshlar, g’isht teruvchilar, va jarrohlarning ish haqlarini ham tashkil etadi. Bunday ish haqlarini o’rta hisobda ko’rsatkan holda mamlakatlar va hududlar orasidagi ish haqlarini osongina taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz19.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling