Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi


Download 2.53 Mb.
bet61/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi

Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Misol uchun, mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so’m, fevral oyida 190 ming so’m, mart oyida 220 ming so’m ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi.
Real ish haqi– bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyatidir. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

Real ish haqi– bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir

,
bu erda: VP real ish haqi; VH – nominal ish haqi; R – iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga
nisbatan fevral oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o’zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to’g’risida ma’lumot zarur bo’ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo’lsin. U holda ishchining real ish haqi fevralda 176 ming so’mni, mart oyida esa 183 ming so’mni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida bo’ladi.
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari va miqdori qancha ko’p bo’lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u istiqbolda ham o’zining etakchi rolini saqlab qoladi.


Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling