Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlaridan kutilayotgan natijalar


Download 2.53 Mb.
bet84/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlaridan kutilayotgan natijalar



Asosiy stsenariy

Muqobil (xatarli) stsenariy

• iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalarining davom etishi va tashqi

tashqi iqtisodiy sharoitlar-

sharoitlarning sezilarli darajada o’zgarmasligi hamda soliq

ning yomonlashuvi va amalga

sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich ku-

oshiriladigan tarkibiy islo-

tilgan natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan;

hotlarning sekinlashuvi tax-

• soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi hamda

min qilingan;

iqtisodiyotni kreditlash hajmining o’sish sur’atlarining

• tashqi va ichki sharoitlarning

maqbullashtirilishi (2019 yilda 25 %) ko’zda tutilgan;

yomonlashuvi hamda tarkibiy

• YaIM o’sish sur’ati 2018 yil yakuniga ko’ra 5,2 %, 2019 yilda esa

islohotlarning kutilgan na-

5,4 % bo’lishi prognoz qilinmoqda. O’tgan va joriy yillarda in-

tija bermasligi hisobiga

vestitsion faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sekto-

2019 yilda inflyatsiya dara-

rida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda

jasining 17–18 %gacha o’sishi

iqtisodiyotning o’sish sur’atlari yanada tezlashishi kutilmoqda;

kutilmoqda.

• yillik inflyatsiya darajasining prognoz ko’rsatkichlari 2018 yil-




da 16–17 %ni, 2019 yilda 13,5–15,5 %ni va 2020 yilda 10–12 %ni




tashkil etadi;




2021 yildan boshlab yillik inflyatsiya darajasi bir xonali ko’r-




satkichgacha pasayishi kutilmoqda.




Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o’zining aso-siy va muqobil stsenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala stsenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko’zda tutgan. Bunda muqobil stsenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.

O’zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o’sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida ulkan natijalar ko’zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:


– iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturla-rini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash;


– mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;


– xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o’sishini ta’minlash;


– narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida bank kreditlarini aynan iq-tisodiyotning real sektoriga jalb etilishini ta’minlash;

– aholining iste’moli uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob usku-nalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish;


– iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;


– yalpi ichki mahsulot hajmi oshishini ta’minlaydigan, bugungi kunda dunyoda dolzarb masalaga aylanayotgan axborot-kommunikatsiya xizmatlarini keskin darajada o’stirish;


– malakatdagi mavjud ilmiy va innovatsion salohiyatlardan unumli foydala-nish;


– ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini va sifatini yaxshilab, ularning jahon bozorlariga ko’proq sotilishini ta’minlash;


– iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va institutsional modernizatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish;


– iqtisodiyot tarmoqlarida tadbirkorlikni kengaytirishni rag’batlantirish me-xanizmlarini yanada faollashtirish;


– moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaktsiya xarajatlarini pasaytirish;


– aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish.


Ushbu tadbirlar yanada takomillashtirilib, zaruriy dasturlar va loyihalar o’z vaq-tida amalga oshirilsa, O’zbekistondagi barqaror iqtisodiy o’sishning uzoq vaqt davom etishi ta’minlanadi.





Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling