Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
Xulosalar
1. Iqtisodiyot ikki sohaga bo’linadi: mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o’z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini oladi: xo’jalik yurituvchi sub’ekt; alohida bozorlar; alohida tarmoqlar va hokazo. Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar yig’indisi bilan bog’langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasining o’zgarishi, iqtisodiy o’sish sur’ati va boshqalar). 2. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlash uchun xizmat qiladi. Normativ tahlil esa iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o’z natijasini berishini o’rganadi. 3. Iqtisodiy ratsionalizm kontseptsiyasi asosida iqtisodiy sub’ektning mavjud imkoniyat va resurslarning cheklanganligi sharoitida minimal xarajatlar asosida maksimal natija olishga intilishi yotadi. Kishilar doimo o’z sub’ektiv manfaatlarini qondirishda cheklangan iqtisodiy ne’matlardan foydalanishning muqobil usullarini tanlash zaruriyatiga duch keladilar. Tabiiyki, o’zlarining ratsional hatti-harakatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy sub’ektlar tanlash erkinligiga ega bo’lishlari lozim. 4. Ratsionallik o’z darajasiga ko’ra 2ga farqlanadi: to’liq ratsionallik ko’proq nazariy tasavvur bo’lib, unda iqtisodiy sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o’rtasidagi eng yuqori tafovutga erishadi (minimal xarajat sharoitidagi maksimal foyda); cheklangan ratsionallikda axborotlarni to’plash va tahlil qilishning qiyinligi tufayli xo’jalik qarorlarini qabul qilishda undan to’liq foydalanishning mumkin emasligini aks ettiradi. Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Ko’pgina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Butun milliy iqtisodiyotining holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad(MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarkibiga faqat tovar shaklida bo’lib, bozor narxi mavjud bo’lgan yoki, hech bo’lmaganda, ularni yaratish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo’yicha baholash mumkin bo’lgan mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi. Qo’shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling