Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022
Download 2.53 Mb.
|
IQTISODIYOT Chiqarishga
Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandek ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi. Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalent rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir metallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalent rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir metallar). Chunki, ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi. O’zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohotini o’tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar bizgacha etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo’lgan1. Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi: - sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi; - zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; - bo’linuvchanligi va bo’lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi; - bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi; - tabiatda nisbatan kamyobligi; - ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir. Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga va ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pulga ajraladi:
Download 2.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling