Iqtisodiyot fanidan yakuniy nazorat savollari
Download 38 Kb.
|
Якуний назорат саволлари
IQTISODIYOT FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning tuzilishi. Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy mahsulot, ularning bir -biridan farqi. Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari Yalpi ichki mahsulotni qo’shilgan qiymatlar usulida hisoblash Yalpi ichki mahsulotni xarajatlar usulida hisoblash. Yalpi ichki mahsulotni daromadlar usulida hisoblash Yakuniy va oraliq mahsulot mohiyatini tushuntiring? Qo’shilgan qiymat deganda nimani tushunasiz? Sof milliy mahsulot, milliy daromad va shaxsiy daromad. Nominal va real yalpi ichki mahsulot mohiyatini yoriting Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni va uning harakat shakllari. Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanishi. Yalpi milliy mahsulotni ko’paytirish omillari Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi.. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi Iste'molning mazmuni va uning turlari. Jamg‘arma va uning maqsadi. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlari. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari. Iqtisodiy o‘sishning omillari. Pul muomalasining mazmunini tushuntiring. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq? Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi? Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring. Talab va taklif inflyatsiyalarining grafikdagi ko‘rinishlarini tasvirlang va izohlang. Giperinflyatsiya qanday qilib turg‘unlikka olib kelishi mumkinligini tushuntiring. Kreditni nima zarur qilib qo‘yadi? Kredit tushunchasining mazmunini bayon qiling. Kreditning asosiy turlarini sanab ko‘rsating va ulaming tavsifini bering. Kredit qanday vazifalarni bajaradi? Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko‘rsating. Hozirda O‘zbekistonda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash borasida qanday chora-tadbirlar tizimi qo‘llanilmoqda? Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi? Budjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini tushuntiring. Soliqlaming iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy vazifalarini ko‘rsating. Moliyaviy siyosat va fiskal siyosatning umumiy va farqli jihatlarini tavsiflang. Davlatning ichki va tashqi qarzlari manbalarini izohlab bering. Soliq yuki nima? Uning iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rsatib bering. Laffer egri chizig‘ining mazmuni nimadan iborat? Keyingi yillarda 0 ‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar nimalardan iborat. Iqtisodiy sikl turlari. Iqtisodiy inqirozning mazmuni, sabablari va turlari. Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Ishchi kuchi bozori. Ishsizlik va uning turlari. A.Ouken qonuni. Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Davlat budjeti va uning moliyaviy resurslarni shakllantirishdagi ahamiyati. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi Budjet taqchilligi va davlat qarzlari, ularning iqtisodiyotga ta'siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar va uning vazifalari. Pul muomalasi. Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va unga ta'sir etuvchi omillar. Pul muomalasi qonunlari. Pul taklifi va uning mul'tiplikatori. Inflatsiya va uning kelib chiqish sabablari. Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari. Foiz stavkasi va uning darajasini aniqlovchi omillar. Banklarning iqtisodiy mazmuni. Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi. Iqtisodiyotni tartibga solishning klassik, monetaristik, keynscha nazariyalari Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi. Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning xususiyatlari qanday? Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog’liq? Fan-texnika taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi? Ishchi kuchi bozori amal qilishining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Ishchi kuchi qiymati va iste’mol qiymati qanday aniqlanadi? Ularga ta’sir etuvchi omillami sanab bering. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi? Qanday qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi? Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering. Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi? Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi va u qanday tartibda aniqlanadi? Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo‘ladi? Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bevosita va bilvosita usullari. Jahon xo‘jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va ularning shaklllari O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga globallashuv jarayonlarining ta'siri. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki milliy iqtisodiyotni tartibga solishning sub'ekti sifatida. O‘zbekiston Respublikasi mehnat resurslarining tavsifi. O‘zbekistonda soliq tizimi va tadbirkorlikning rivojlanishi. Investitsiyalar va ularning turlari Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalaming iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko‘rsating. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasviri chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo‘ladi? Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi? Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday? Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering. Iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy о’sish tushunchalarining ta’rifini bering hamda ulaming umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating. Iqtisodiy o'sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi? Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi? Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang. Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini ko‘rsating. Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillarni mohiyatini yoriting Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar mohiyatini yoriting To’la bandlik tushunchasi va uning mohiyati nimadan iborat? Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling