Iqtisodiyot guruh talabasi Bozorboyev Azizbek javoblari 1 Tadbirkоrlikning qanday turlarini bilasiz?


Hоlding kоmpaniyalari faоliyati to`g`risida gapirib bering?


Download 28.34 Kb.
bet10/11
Sana19.11.2021
Hajmi28.34 Kb.
#175878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Azizbek(1)

Hоlding kоmpaniyalari faоliyati to`g`risida gapirib bering?


20

  1. Holding, holding kompaniya (inglizcha: holding — egalik) — asosiy faoliyati korxonalarning aksiyalarini oʻz tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat boʻlgan kompaniya, bosh korxona. Holding tarkibida asosiy korxona va shoʻʼba korxona yoki bir necha shoʻʼba korxonalar mavjud boʻladi. Xolding kompaniyaning oʻzi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanmasligi mumkin, lekin koʻp hollarda Holdinglar aksiyalarni boshqarish bilan bir qatorda moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari sohasida tadbirkorlik bilan

shugʻullanadi. Ish oqilona tashkil etilganda holding yagona ilmiy-texnika, investitsiya, tashqi iqtisodiy siyosatni oʻtkazish, ayrim xizmatlarni markazlashtirish imkoniyatini yaratadi. Holding boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengashi, boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga oʻzi taklif etadigan nomzodlarning saylanishini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladi. Holdingning asosiy belgisi bir korxona (bosh korxona) boshqa korxona yoki korxonalar (shoʻʼba korxonalar) tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni nazorat qilish imkoniyatiga egaligida. Bir qancha korxonalarni boshqarishning Holding shakli ularning mustaqilligini bekor qilish bilan bir korxonaga birlashtirish, bir markazga toʻliq boʻysundirish va oʻzaro faoliyatni muvofiqlashtirish uchun teng huquqli korxonalar assotsiatsiyasini tashkil etish oʻrtasidagi oraliq shakl hisoblanadi. Oʻzining tashkiliyhuquqiy shakliga koʻra, Holding, odatda, aksiyadorlik jamiyati qatoriga kiradi. Oʻz navbatida, aksariyat hollarda, Holding aksiyalariga

21

uning oʻzi nazorat qiladigan korxonalar egalik qiladi, bu esa korxonalarning manfaatlarini oʻzaro va Holding kompaniya manfaatlari bilan uygʻunlashtirish imkoniyatini yaratadi. Oʻzbekistonda 20-asrning 90- yillari oʻrtalaridan yoqilgʻi sanoatida „Oʻzneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi, mebel sanoatida „Fayz“ xolding kompaniyasi; oziq-ovqat sanoatida „Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding“ kompaniyasi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligida „Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding“ kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat olib boradi. Koʻp hollarda boshqa korxonalar faoliyatini nazorat qiladigan (ularning aksiyalariga egalik qilish orqali) kompaniyaning oʻzigina emas, balki Holding orqali oʻzaro bogʻlangan yuridik shaxslar majmui ham Holding deb ataladi.



Download 28.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling