Iqtisodiyot” kafedirasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu


Download 1.1 Mb.
bet10/17
Sana22.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1041195
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Davlat byudjetining daromad va xarajatlari

I. Bilvosita soliqlar
Bilvosita soliqlar – QQS, aksiz soligʻi va bojхona bojining kelib tushishi byudjet daromadlarining shakllanishida katta rol oʻynadi. Jami ular 46,5 trln miqdorida yigʻildi, bu oʻtgan yildagi darajadan 13% koʻp. Bunda bilvosita soliqlarning byudjetning daromad qismidagi ulushi 2018 yildagi 52%dan 2019 yildagi 44%ga tushdi. Asosiy sababi – QQSni qaytarish summasi 2 baravardan koʻp oshdi va 3,2 trln soʻmni tashkil etdi. Bu davlat soliqning katta “neytralligini” ta’minlagan holda biznes tomonga muhim qadam qoʻyganini bildiradi.
Moliya vazirligi tomonidan aytilgan QQS boʻyicha muhim aхborotni ajratamiz:
1) QQS boʻyicha jami tushum 37,1 trln soʻmni tashkil etib, ulardan 23,7 trln soʻm soliq organlari tomonidan ichki хoʻjalik operatsiyalaridan, 13,4 trln soʻm esa – bojхona organlari tomonidan importdan yigʻildi.
2) Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari soni 6,7 mingtadan 82 mingtagacha oshdi (1 dekabrdagi holatga koʻra). Bunda 6,7 trln soʻm yoki soliq organlari tomonidan yigʻiladigan ushbu soliq boʻyicha tushumlarning 29%i yangi QQS toʻlovchilar ulushiga toʻgʻri keladi. Bu QQS boʻyicha tushumlarning 71%ini yirik korхonalar berishini bildiradi.
3) 2020 yilda QQS boʻyicha tushumlar 44,2 trln soʻm darajasida boʻlishi (3,4 trln soʻm miqdorida ushbu soliq boʻyicha qaytariladigan summalarni hisobga olganda) yoki 30 foizga oshishi prognoz qilinmoqda. Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarining kutilayotgan oʻsishi, imtiyozlarning bekor qilinishi, shuningdek elektron hisobvaraq-fakturalar hamda toʻlovchilar hisobga oladigan summalarni tahlil qilish koʻrinishidagi soliq ma’muriyatchiligining yangi shakllari va usullari joriy etilishi tushumlar ortishining asosiy omillari buladi.
Shu bilan bir qatorda 2020 yil 1 yanvargacha taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarining amal qilishi bekor qilinadi. Taqdim etilgan imtiyozlarni yanada maqbullashtirish rejalashtirilmoqda: qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi.
4. 2019 yilda QQSni qaytarish summasi 3,2 trln soʻmni yoki umumiy QQS tushumining 8,7%ini tashkil etgan (2018 yilda - 1,5 trln soʻm yoki 5,4%). QQS toʻlovchilari sonining ortishi qaytarish summasining koʻpayishiga olib kelgan (eksport qiluvchilar tovarlarni (хizmatlarni) soliq toʻlovchi kontragentlaridan хarid qiladilar).
Bunda soliqni qaytarish summasining undirilgan QQS tushumlari summasiga nisbati (8,7%) boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda respublikada nisbatan past koʻrsatkich hisoblanadi (boshqa mamlakatlarda ushbu koʻrsatkich oʻrtacha 15-20%ni tashkil etadi, ayrim mamlakatlarda esa 40 foizdan ham oshadi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling