«iqtisodiyot» kafedrasi «byudjet hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjed tashkilotlarida nazorat ishlarini tashkil etishning xususiyatlari. Bajardi


Download 71.47 Kb.
bet2/19
Sana08.01.2022
Hajmi71.47 Kb.
#240574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Rajabboyeva Nafisa Qudrat qizi XBAS 63 byudjet xisobi kurs ishi(1)

6. XULOSA


KIRISH
Yildan-yilga tobora jadallashib borayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv va ijtimoiy globallashuv jarayonlari har bir mamlakatga bilvosita ta’sir o’tkazmay qolmaydi. Hukumatlar mazkur ta’sirga o’zining optimal reaksiyasini o’z xalqlarining mentaliteti, qadriyatlari va boshqa o’ziga xos jihatlarini, xususan, iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda ko’rsatishlari tarixdan ma’lum.

Iqtisodiy jihatdan taraqqiyotga erishgan mamlakatlar tajribalaridan foydalangan holda milliy iqtisodiyotning samaradorlik darajasini oshirish muammosi deyarli har bir rivojlanayotgan mamlakat oldida turgan va hal qilinishi birlamchi ahamiyat kasb etuvchi vazifadir. O’zbekiston Respublikasida ham moliya tizimini yo’lga qo’yishda turli taraqqiy etgan mamlakatlar: Rossiya,Fransiya va Germaniya mamlakatlari modellaridan foydalanilganligini anglab yetish uchun esa iqtisodchi-kadrdan shu va boshqa mamlakatlar moliya tizimiga oid asosiy bilimlarni egallashni talab etiladi.Lekin shuni ta’kidlab o’tish joizki, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar misolida milliy iqtisodiy modelni yaratishda yo’l qo’yilgan xatolar, ularning oqibatlari rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan oqilona foydalanish talabini yuzaga keltiradi.



Shu jumladan, mamlakatning iqtisodiy dastagi hisoblangan davlat moliyasi ustidan olib boriladigan nazorat ishlari ham ma’lum me’yorlar yordamida amalga oshirilishi taqozo etiladi.Bank va moliya sohalarining davlat tomonidan tartibga solinishi, bank kapitalini tizimli nazorat qilishni ta’minlash, shuningdek, bu borada xalqaro moliya institutlarining roli haqidagi masala ekspertlar hamda rasmiy doiralarning mintaqaviy va global darajadagi asosiy muhokama mavzusiga aylanmoqda.1 Moliya tizimining muhim bo’gini hisoblangan moliyaviy nazorat o’zining shakllari va turlariga ko’ra har bir mamlakatda turlicha amalga oshiriladi. Ularni o’rganish har bir iqtisodchi kadr uchun dialektik dunyoqarashni shakllantirish va ulardan tegishli xulosalarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Download 71.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling