«iqtisodiyot» kafedrasi «byudjet hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjed tashkilotlarida nazorat ishlarini tashkil etishning xususiyatlari. Bajardi


BYUDJET TASHKILOTLARIDA NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHNING ZARURLIGI, MAQSADI VA VAZIFALARI


Download 71.47 Kb.
bet3/19
Sana08.01.2022
Hajmi71.47 Kb.
#240574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Rajabboyeva Nafisa Qudrat qizi XBAS 63 byudjet xisobi kurs ishi(1)

1. BYUDJET TASHKILOTLARIDA NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHNING ZARURLIGI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazfilarni o’z ichiga oladi:

  1. Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;

  2. Budjet ijrosi jarayonida muomalalarni to’liq va to’g’ri xujjatlashtirilishini aniqlash;

  3. Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlari va xarajtlarini rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash

  4. Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to’g’riligini aniqlash;

  5. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish;

  6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;

  7. Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to’g’ri umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish;

  8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog’ida davlat budjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi:

  1. Budjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi;

  2. Budjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg’armalari organlaridan axborotlar oladi;

  3. Budjet tashkilotlaridan budjet va budjetdan tashqari mablag’larning tushumi va sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib oladi;

  4. Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag’lari harakati to’g’risida ma’lumotlar oladi;

  5. Budjet mablag’larini oluvchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini auditdan o’tkazadi.

Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

  • smeta-moliya hujjatlarini, bunda budjet mablag’laridan qonunchilikka va budjet mablag’larining tejamli yo’naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o’rganishni amalga oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo’limlarida xarajatlar smetasini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo’yicha ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga erishish;

  • daromadlarning to’liq hisobi, pul mablag’larining o’tuvchi qoldiqlari, bu mablag’lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish;

  • smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo’llash, smeta xarajatlari bo’yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda o’z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.

O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo’limlarida smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo’yicha zarur hollarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo’qotish bo’yicha takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini xarajatlar smetasi bo’yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin.

Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z vaqtida etkazilishi bo’yicha tekshirish natijalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko’rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo’yicha budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya budjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir.

Nazorat funksiyasi orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish, mulklarni saqlanishi va tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.

Budjet hisobida ham yuqorida qayd etilganidek, nazoratning uch turi qo’llaniladi:


  • dastlabki nazorat;

  • joriy nazorat;

  • keyingi nazorat.


Download 71.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling