Tarbiyaviy ishlarning shakllari va o`larni tashkillashtirishga qaratilgan tayyogarlik algoritimi


Download 0.77 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1513603
  1   2   3   4
Bog'liq
5-Mavzu maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi ma’ruzachi

5-Mavzu: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI Ma’ruzachi: Z.K.Qalandarova

REJA:

1.Maktabgacha tarbiya yosh davridagi bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari

  • Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulotlarning a hamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida o‘yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi. «Илк қадам» Davlat o’quv дастуриtayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi.
  • Mazmuniga ko‘ra xilma-xil mashg‘ulotlarni o‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo‘lib qolishi, dasturni o‘tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning va olish shartdir. Tao‘ziga xyosh os xususiyatlarini hisobga ’limiy faoliyatlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.
  • Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan iboratdir:
  • Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun muhim ahamiyatga egadir. Mashg‘ulot kirish qisminining mazmuni va vazifalari. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotining birinchi qismi qo‘yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
  • Dastlab to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish va nafas olishni tartibga solish maqsadida qo‘l mushaklari va elka kamari mushaklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash mashqlari beriladi. Ikkinchi navbatda gavda uchun, orqa mushaklarni mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi (oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, gavdani aylantirish) mashqlari beriladi. Uchinchi navbatda qorin va oyoq mushaklarini mustahkamlovchi (cho‘qqayish, tizzadan bukilgan oyoqlarni ko‘tarish…) mashqlari beriladi. Shundan so‘ng asosiy harakatlarni o‘rgatishga o‘tiladi. Bunda ulardan biri bolalar uchun yangi, boshqalari esa o‘rganish va takomillashtirish bosqichida bo‘ladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling