«iqtisodiyot» kafedrasi «byudjet hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjed tashkilotlarida nazorat ishlarini tashkil etishning xususiyatlari. Bajardi
BYUDJET TASHKILOTLARIDA NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHNING TARTIBI VA XUSUSIYATLARI
Download 71.47 Kb.
|
Rajabboyeva Nafisa Qudrat qizi XBAS 63 byudjet xisobi kurs ishi(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumuslubiy
- Dalolatnoma.
- Axborotnoma.
2. BYUDJET TASHKILOTLARIDA NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHNING TARTIBI VA XUSUSIYATLARI
1. Budjet tashkilotlarida tekshirish natijalarini umumlashtirish asoslari Budjet tashkilotlarida tekshirish natijalarini umumlashtirishda tekshirishni turi va xususiyati inobatga olinadi. Tekshirishni turiga binoan uning natijalari quyidagi shakllarda umumlashtirilishi mumkin: Umumuslubiy – taftish – dalolatnoma, axborotnoma; audit –auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti; tahlil – ma’umotnoma. Xajmiga binoan – to’la yoki qisman tekshirilganda-dalolatnoma yoki ma’lumotnoma; kompleks tekshirilganda dalolatnoma; aniq mavzu (ob’ekt) bo’yicha-ma’lumotnoma, xulosa yoki dalolatnoma; tanlov asosida – dalolatnoma yoki tahliliy xulosa; Dalolatnoma. Budjet tashkilotlarida asosiy tekshirish usuli – kompleks taftish hisoblanadi. Bunday tekshirish yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtiriladi va uning natijalari dalolatnoma yordamida rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar boshqa umumlashtiruvchi xujjatlardan farq qilib yuridik xujjat bo’lganligi tufayli ikki tomonlama, ya’ni taftish guruhi raxbari va tekshirilayotgan tashkilot raxbari hamda bosh hisobchi tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan tashkilot raxbari va bosh hisobchisi tekshirish dalolatnomasi ma’lumotlariga e’tiroz bildirsa, u holda o’z e’tirozlarini yozma ravishda qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etib dalolatnomani imzolashi kerak. Tekshiruv jarayonida katta miqdorda aniqlangan kamomadlar yoki boshqa jinoiy xarakterga ega bo’lgan hato va kamchiliklar aniqlansa oraliq dalolatnomasi tuziladi hamda tekshirish belgilagan tashkilot qaroriga asosan huquqni himoya qilish organlariga oshiriladi. Tekshirilayotgan tashkilot raxbariyati aniqlangan hato va kamchiliklar bo’yicha taftish yakunlanishiga qadar ularni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirishi kerak. Tekshirish dalolatnomasi tuzilmasini shakllantirishda idoraviy yo’riqnomalar va tashkilotni tarmoq xususiyatlari inobatga olinadi. Dalolatnoma kirish va asosiy qismdan iborat bo’ladi. Dalolatnomaning kirish qismida taftishning xususiyati, dalolatnoma tuzilgan joy va sana, uni belgilagan tashkilot xaqida qisqacha izoh, taftish guruhining tarkibi, taftish davri, tekshirish ob’ekti xaqida qisqacha ma’lumot, tekshirilayotgan tashkilotda birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega bo’lgan shaxslar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, kirish qismida kassa va bank operatsiyalaridan tashqari operatsiyalarni tanlab olib tekshirilganligi xaqidagi ma’lumot kiritilishi kerak. Albatta, tanlab olish shartlari tekshiruv guruhining raxbari tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy jadvallar, bir xil turdagi kamchiliklar bo’yicha jamlanma qaydnomalar, tushuntirish xatlari, schyotlar bo’yicha qoldiq qaydnomalari tuziladi va tekshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Har bir ilova bo’yicha tekshirish dalolatnomasida izohlar keltirilishi shart. Tekshirish dalolatnomasiga barcha tushuntirishlar, schyotlar bo’yicha qoldiqlar qaydnomasi ochilgan holda bosh hisobchi va raxbar tomonidan imzolanib ilova qilinadi. Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taftish dalolatnomasi natijalari barcha Mehnat jamoasi oldida muxokama qilinadi. Muxokama natijalari protakollashtiriladi va dalolatnomaga ilova qilinadi. Bu tuzilgan dalolatnoma realizatsiyasi jarayonining dastlabki qismi hisoblanadi. Dalolatnoma realizatsiyasining asosiy qismi taftish belgilagan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ko’p hollarda taftish natijalari vazirlik, qo’mita va boshqarmalarning kollegiya majlislarida ko’rib chiqiladi va ma’muriy chora tadbirlar belgilanadi.
Informatsion xizmat axborotnomalarida asosan taftish rejasiga amal qilinishi, uni o’tkazish muddatlari chegaralariga rioya qilinishi va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Tashabbus asosidagi axborotnomalarni tuzishdan maqsad boshqaruv tizimini ma’lum chora tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat. Bunday ma’lumotnomalarda ko’rilishi kerak bo’lgan aniq chora tadbirlar ko’rsatiladi va ularni echish yo’llari belgilanadi. Hisobot shaklidagi axborotnomalar belgilangan va taklif etilgan vazifalarni bajarilganligi xaqidagi ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Download 71.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling