Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan
AQSH va Yaponiyaning jahon iqtisodiyotidagi tutgan o’rni
Download 344.88 Kb.
|
Davlatov Nodirbek (4)
1. AQSH va Yaponiyaning jahon iqtisodiyotidagi tutgan o’rni.
Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming km. kv. Hududining muhim xususiyatlaridan biri uning katta va kichik bir-biriga yaqin orollarda joylashganligidir. Ulardan 4 tasining maydoni ancha kattadir. Bularga Xansu, Xokkaydo, Kyuysu va Sikoku orollari kiradi. U unitar davlat bo‘lib, 47 prefekturaga bo‘linadi. Yaponiya, asosan, tog‘li mamlakat.Hududining 75 % tog‘lar egallaydi.Eng baland tog‘I Fudziyama (3776m)-yapon xalqining ommaviy topinadigan – sig‘inadigan muqaddas joyi hisoblanadi.Tekisliklari, asosan, Tinch okean sohillari bo‘ylab joylashgan. Ayniqsa,Tokio qo‘ltiq-bo‘yidagi Kanto pasttekisligida mashhurdir. Mamlakat Mineral boyliklarga ancha kambag‘al Yapniya biron-br yerosti boyliklari blan o‘zini o‘zi ta‘minlay olmaydi.Shu bilan birga, boy dengiz, geometral, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega. Iqlimi musson xareakterda. Qish oylari nisbatan qurg‘ochil va sovuq, ammo shimoldan janubga qarabisib boradi. Yoz esa ancha namli va issiq o‘tadi. Yog‘in miqdori o‘rtacha 1700 mm. dan 4000 mm. gacha tebranadi. Yaponiyaning tabiiy sharoiti o‘ziga xosdir.U kuchli tropic dovullar yo‘lida joylashgani uchun bahorning erta oylarida har yili kuchli to‘fon – tayfunlar bo‘lib turadi.Unda tez-tez silkinishlari bo‘lib turadi.Ba‘zan u juda kuchli halokatli tarzda ro‘y beradi. Yaponiyaning aholisi 127,3 mln kishi.Aholisining soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida sakkizinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortiq. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo‘lib, unda 30,2 mln. dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1mln. dan ortiq bo‘lgan yana 6 ta shahri bor. Mamlakatda yirik shaharlar aglomeratsiyalari saqlanmoqda Tokio-Nagoya-Osaka yo‘nalishi bo‘ylab 600 km. dan ortiq masofaga cho‘zilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Tokaydo tashkil topgan. Yirik shaharlari, bu jumladan, 1869-yildan mamlakat poytaxti hisoblanadigan Tokio (Sharqiy poytaxt demakdir) shahri, asosan, yangidan qurilgan. Seysmiklikdarajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan 50-60 qavatli bino-imoratlar shaharning asosiy ko‘rinishlarini tashkil qiladi. Foydalanadigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo‘lganligi sababli Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni ―osmono‘par‖ qilib qurish bilan birga, ularning qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. XX asrning 60-yillaridan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mobjiza»si jahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi II jahon urushida yengilib, atom bombasining dahshatlarini o‘z boshidan o‘tkazgan mamlakatning tezlik bilan qaddini rostlagani va misli ko‘rilmagan sur‘atlarda tez rivojlanishga erishgani edi. Ana shunday muammolarni yengib о‘tа olgan va yuksak rivojlanish marralarini egallagan Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hozirgi vaqtda ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham ibrat bo‘lishi mumkin. Yaponiya «iqtisodiy mo‘jiza» sining asosiy manbayi, mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarlik va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, ishga mas‘uliyat hissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlaridir. «Iqtisodiy mo‘jiza»ning sabablari qatoriga yana harbiy tayyorgarliklardan tiyilib borishi (konstitutsiyaga kobra Yaponiyada milliy daromadining atigi 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini harbiy xarajatlarga ajratish mumkin) ham kiradi. Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat. YAMD ning umumiy hajmi (4390 mlrd. AQSh dollari)ga ko‘ra dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yoqilg‟i-energetika sanoatida gidro, geotermal, quyosh, dengiz elektr stansiyalari ham o‘z hissasini qo‘shsalar-da, asosiy ishni import yoqilg‘ilar asosida ishlaydigan IES va AES lar bajaradi. Mamlakat har yili 200 mln. t. ga yaqin neftni import qiladi. Shu sababli Yaponiya elektr energetikasida tobora AES lar hissasi 10 ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 30 dan ortiq atom elektr stansiyalari qurilgan. 2003 yilda 950 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarildi. Metallurgiya sanoati. Yaponiya po‘lat ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra jahonda (Bir yilda 90 mln. tonnadan ortiq) yetakchilik qilmoqda. Taraqqiy etgan organik sintez kimyosi korxonalari kabi metallurgiya markazlari ham asosan, dengizbo‘yi hududlari bo‘ylab marjon kabi tizilgan holda joylashgan. Avtomobilsozlikda Yaponiya ulkan yutuqlarga ega. U yiliga 12 - 13 mln. dan ortiq avtomobillar (shuning 8 mln. dan ortig‘i yengil avtomobillar) ishlab chiqaradi va jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hozirgi davr Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektronika sanoati ekanligini butun olam biladi. Ayniqsa, radioelektronika sanoati — rangli televizorlar, videomagnitofonlar, radiotexnika vositalari ishlab chiqarishda ustunlikka ega. Qishloq xo‘jaligi yuqori rentabelligi va mehnat unumdorligi bilan ajralib turadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy maydonining 11 foizini tashkil qilganligi 2009-yilda Yaponiya tashqi savdosi Osiyo J.Koreya Xitoy Taivan Gong Kong Eksport,Import 11 uchun Yaponiyada qadimdan ekin maydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanishga o‘rganishgan. Yaponiya dehqonchilik mamlakatidir. Uning yetakchi tarmog‘i dehqonchilikdir. Don xo‘jaligida sholikorlikning o‘rni alohidadir. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga yaqinida ekiladi va yiliga 10 – 12 mln. t. sholi tayyorlanadi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va bog‘dorchilik tarmoqlari ham ancha ahamiyatli. Aviasozlik.1962 yil mamlakatda birinchi fuqarolar (tijorat) samolyoti qurildi. 2003 yili Yaponiyada aviatsiya sohasini rivojlantirish bo'yicha 428 million dollarlik hamda 2008 yilgacha mo'ljallangan milliy dastur qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida hukumat "Mitsubishi Heavy Industries" bilan hamkorlikda birinchi milliy reaktiv yo'lovchi avialayneri ustida ish boshladi. Energetika. 2006 yil ko'rsatkichiga binoan, umumiy elektroenergiya ishlab chiqarishning 30%i Yaponiya AESlari hissasiga to'g'ri keldi. Mamlakat yadro yoqilg'isining 60%ini Avstraliya va Kanadadan oladi. Yaponiya iste'mol qiladigan uranning umumiy miqdori 8,7 ming tonnani tashkil etadi. Yaponlar go‘sht va sut mahsulotlari iste‘mol qilishda yevropaliklardan qolishmaydi, Bu holat mamlakatda chorvachilikning rivojlanishiga katta e‘tibor berishni talab etadi. Hozir unda chorvachilikning qoramolchilik, cho‘chqachilik, broyler parrandachiligi, hovuz baliqchiligi, pillachilik kabi tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yaponiya kompaniyalari jahon bozorida.―Toyota‖ kompaniyasi ishlab chiqargan ― Prius rusumli avtomobillar xaridorlar tomonidan qaytarilmoqda. Boisi, ularning boshqaruv tizimidagi nosozlik tormoz ishlamay qolishiga sabab bo’layotir. Ma‘lumotlarga ko’ra, Yaponiyaning o’zida yuzdan ziyod xaridordan shikoyat tushgan. ―Toyota‖ uch yuz mingga yaqin ―Prius mashinasini qaytarib olishni e‘lon qilgan.Kompaniya shu choqqacha bu mashinadan 1,6 million dona ishlab chiqargan. Mеtallurgiya sanoat tarmog`ida «Nippon kokan seytetsu», «Sinnippon seytetsu» va «Kavasaki seytetsu» kompaniyalari mamlakatda ishlab chiqariladigan cho`yanning 70 %i va 60 % mеtalni ishlab chiqaradi hamda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda AQSHdan so`ng 2-o`rinda turadi. Kеmasozlik sanoati mamlakatdagi eng еtakchi sanoat tarmoqlaridan biridir. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan kеmalarning 48 %i aynan shu mamlakatda ishlab chiqariladi. Eng asosiy kеmasozlik sanoatining markazi Kavasaki shaharida joylashgan. Bundan tashqari Iokogama, Osaka, Kobе va Nakasaki shaharlaridagi kеmasozlik tarmoqlari rivojlangan. «Mittsubisi Dzyukogio» va «Isikavadzima Xarima» kompaniyalari kеma ishlab chiqarishi bo`yicha dunyoda 1 va 2-o`rinlarda turadi. Bundan tashqari ko`plab kompaniyalar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha jahonda еtakchi o`rinlarda boradi, masalan: «Sony» kompaniyasi - tеxnika va radioapparatura tovarlarini ishlab chiqaradi. «Nissyo-Ivai» kompaniyasi - oltin qazib chiqarish tеxnologiyalari va uning asbob-uskunalarini ishlab chiqaradi. ―Sumitoma korporеyshn‖ kompaniyasi kompyutеr va tеlеkommunikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Download 344.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling