Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


Download 344.88 Kb.
bet6/9
Sana17.02.2023
Hajmi344.88 Kb.
#1205530
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlatov Nodirbek (4)

Ob’yektiv to‘siqlarning bekor qilinishi dengiz, havo transporti va aloqa xarajatlaridagi pasayish tendensiyalarida o‘z ifodasini topdi. Dengiz va bandargoh xarajatlari 1920 va 1990 yillar orasida taxminan 60 foizga qisqardi. Havo transporti xarajatlarida yanada keskinroq kamayish kuzatildi va sayohat vaqti ham sezilarli darajada qisqardi.
Sub’yektiv, ya’ni insoniyatning o‘zi o‘ylab topgan to‘siqlar (kvota va tariflar)ga ham asta-sekin barham berilmoqda. 1947 yillarda tovarlar importiga tariflar o‘rtacha 47 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1980 yillarga kelib ular 6 foizga tushib qoldi.
Inflyasion targetlash rejimini qo‘llash makroiqtisodiy barqarorlik va aholi faravonligini ta’minlashning zaruriy sharti. Ayni paytda, kapital oqimi ustidan nazorat qilishga barham berilmoqda, xususan, Bretton Vuds qat’iy valyuta kursi tizimiga 1971 yillarda nuqta qo‘yilgach, yetakchi valyutalar erkin suzish rejimiga o‘tdi, Yaponiya, Daniya, Ispaniya kabi yetakchi davlatlarda kapitallarning harakati bo‘yicha mavjud cheklovlar to‘liq bekor qilindi. Umuman olganda, globallashuv xususiy sektorlar va hukumatlarni xalqaro raqobatga chorlovchi global iqtisodiy integratsiyalashuvni texnologik va siyosiy jihatdan harakatlantiruvchi jarayon hisoblanadi.
Bu yerda raqobatning turli darajalarini yoki sohalarini farqlash lozim:
- xususiy sektorda (mikroiqtisodiy darajada), global iqtisodiy integratsiya nafaqat moliyaviy, balki tovarlar va mehnat bozorida ham o‘z samarasini beradi, ya’ni sotuvchi narxlarining (tannarx va bozor bahosi o‘rtasidagi farq) pasayishiga hamda ish haqini ortiqcha to‘lash oqibatida vujudga keladigan xarajatlarning qisqarishiga olib keladi;
- davlat sektorida (makroiqtisodiy darajada) global iqtisodiy integratsiya yangi davlatlarning (raqobatchilar) global bozor ishtirokchisiga aylanishi tufayli jahon bozoridagi raqobat keskinlashadi. Shunday qilib, globallashuv mamlakatlarni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xususan, soliqlarni kamaytirish, davlat qarzini qisqartirish va inflyasiyani jilovlash orqali xalqaro raqobatbardoshlikni rag‘batlantirishga undaydi. Xulosa qilib aytganda, jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ob’yektiv tarixiy jarayon bo‘lib, o‘zining ijobiy va salbiy jihatlariga egadir. Uning ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari va valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida oqilona foydalanish kapitallar, valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishiga muhim zamin yaratadi. Globallashuv har bir mamlakatni qiyosiy ustunlik, ya'ni eng kam miqdordagi resurslardan foydalangan holda eng yaxshi ishlab chiqaradigan narsalarga ixtisoslashishga undaydi. Ushbu konsepsiya ishlab chiqarishni samaraliroq qiladi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va tovarlar va xizmatlar narxlarini pasaytiradi, ayniqsa ularni kam daromadli uy xo‘jaliklari uchun qulayroq qiladi.
Globallashuv ko‘p jihatdan iqtisodiyotga borib taqaladi. Yangi texnologiyalar joriy qilinishi va takomillashtirilishi natijasida ishlab chiqarish hajmi va sifati ortdi. Masalan, bir necha yil ilgari umuman mavjud bo‘lmagan texnologiyalar endilikda davlatlarning umumiy YaIM o‘sishiga va taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Globallashuvning kuchayishi natijasida mehnat bozoridagi taqsimotda ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jahon iqtisodiy forumining oxirgi yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, 2025 yilga kelib, 85 million ishchi o‘rni yo‘q bo‘lishi, ammo o‘rniga 97 million ish joylari yaratilishi ma'lum qilingan.
Xo‘sh, pandemiya sabab tezlashib ketgan texnologiyalar taraqqiyoti va To‘rtinchi sanoat inqilobi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston singari rivojlanayotgan davlatlar texnologik sakrashda ixtirochi bo‘lib, global texnologiya platformalarida faol ishtirok etishi uchun nima qilish kerak, degan savolga Yaponiyaning Tokio universiteti doktoranti Bekzod Zokirov o‘z fikrlarini bildirdi.


Download 344.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling