Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan
Download 344.88 Kb.
|
Davlatov Nodirbek (4)
Qishloq xo'jaligi. Qishloq xo'jaligi milliy foydaning 2%ini berib, unda ishchi kuchining 3%i band bo'lsa ham mamlakatda muhim tarmoqlardan hisoblanadi. AQSH qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilar orasida dunyoda 1-o'rinni egallaydi. Buning sababi, fermer ish kuchining juda yuqori mahsuldorligidadir. AQSHdagi qishloq xo'jaligi ishchilari dunyo qishloq xo'jaligi ishchilarining 0,5%ini tashkil etsada sut, go'sht, paxta, soya, tamaki ishlab chiqarishda 1,2-o'rinlarni egallaydi.
Agrobiznes sharoitida bosqichma-bosqich ixtisoslashuv yuksak rivojlangan. Bunday ixtisoslashuvga binoan bir butun ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarga bo'lib amalga oshiriladi. Masalan, pomidor kuchatlarini janubi-sharqiy shtatlar fermerlari yetishtiradilar. So'ngra bu ko'chatlar Kaliforniyaga keltirilib, ulardan serhosil mahsulot olinadi. Texas shtatida esa bu pomidordan sharbat tayyorlanadi. Fermerlarning bunday ixtisoslashuvi tabiiy sharoitdan eng samarali foydalanishga, mahsulot sifatini oshirishga va uning tannarxini arzonlashuviga imkon yaratadi. Tekislikdagi shtatlar bug'doy; O'rta-G'arbdagilar don va soya; Kanzas, Texas, Nebraska va Missuri sorga; Minnesota, Dakota, Ayova va Viskonsin suli ekishga ixtisoslashgan. Texas, Kaliforniya, Missisipi va Arizona paxtaga; Djordjiya, Texas, Alabama va Shimoliy Karolina yer yong'oqqa; Shimoliy Karolina va Kentukki tamakiga; Kaliforniya, Minnesota, Shimoliy Dakota va Aydaxo qand lavlagiga; Arkanzas, Texas, Kaliforniya va Luiziana sholiga ko'proq ixtisoslashgan. Kaliforniya meva va sabzavotlar va Florida sitrus mevalari; Vashington va Nyu-York olma yetishtirishga ixtisoslashgan. Yillik baliq ovlash miqdori bo'yicha AQSH dunyoda 5-o'rinniegallaydi. Transport. AQSH barcha transport turlarining rivojlanganlik darajasi bo'yicha ham dunyoning istalgan mamlakatidan ustun turadi. Avtomobil transporti mamlakatda alohida mavqega ega. O'tgan asrning 90-yillar boshiga kelib, AQSH avtomobil parki ega bo'lgan mashinadan 200 mln.dan oshdi. AQSH transport tarmoqlarining asosini kenglik va meridional yo'nalishdagi transkontinental magistrallar tashkil etadi. Ular fonida meridional yo'nalishda o'tgan «Amerika-Volgasi» hisoblanmish Missisipi suv yo'li katta ahamiyatga ega. AQSHdagi eng yirik transport tuguni - Chikago. Bu yerda o'nlab temir va avtomobil yo'llari o'zaro tutashgan bo'lib, turli xil yuklar bir yo'ldan ikkinchisiga olib ortiladi. Chikagoda dunyoda eng katta O-Xeyr aeroporti bor. Mamlakatda yuzga yaqin port mavjud. Port sanoat majmualarining eng yiriklari Atlantika bo'yining shimoliy qismida va Meksika qo'ltig'i sohilida joylashgan. Qo'shma Shtatlarda nomoddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasi juda tarakkiy etgan bo'lib, endilikda o'zida band aholining 2/3 qismini to'plagan. Hozirga qadar AQSH xo'jaligining hududiy strukturasiga tabiiy sharoit va resurslar, transport, mehnat resurslari, konsentrasiya kabi omillar katta ta'sir ko'rsatib keldi. Fan-texnika inqilobi davrida fantalab tarmoqlar, iqtisodiy-geografik o'rin va ekologik omillar katta ahamiyat kasb eta boshladi. Xorijiy Yevropadan farqli ularoq, AQSH xo'jaligining hozirgi «qiyofasi» uchun iqtisodiy hayotning chekka okeanbo'yi va ko'lbo'yi rayonlarida to'planganligi xodir. Bu xususiyat shahar aholisining g'uj tuplanganligi bilan bevosita bog'liq. Uchta megapolisda mamlakat jami sanoat mahsulotining 3/5 qismi ishlab chiqariladi. AQSHda ham iqtisodiy taraqqiy etgan boshqa mamlakatlardagi kabi keskin hududiy nomutanosibliklar mavjud. Ko'pincha yuksak rivojlangan hududlar bilan qoloq rayonlar yonma-yon joylashgan. Bunday nomutanosibliklarni yumshatish maqsadida olib borilayotgan mintaqaviy siyosat muayyan natijalar bermoqda. Chunonchi, hozirgi paytda ishlab chiqarish kuchlarini shimoliy shtatlardan janubiy va g'arbiy shtatlarga siljish jarayoni aniq namoyon bo'lmoqda. Bugun AQSh iqtisodiyoti 10 yil oldingi krizisdan butunlay chiqib olgan hisob, demak, imtiyozli programmalar davom etishiga hojat yo'q. Hozir AQShda ishsizlik darajasi 3,9 foiz - so'nggi 50 yilda eng past ko'rsatkich. Dekabrda 300 ming ish o'rni yaratilgan. 2019-yilda iqtisodiy o'sish biroz sekinlashishi kuzatildi. Markaziy bank rahbari deydiki, global iqtisodiy o'sish borasidagi xavotirlar hamda AQShning boshqa davlatlar bilan savdo ustida tortishuvi 2018-yilning so'nggi choragida aksiyalar bahosini tushirib yubordi, ammo AQSh iqtisodiyoti barqaror o'sishda davom etmoqda. AQSh Tijorat palatasining ogohlantirishicha, hozirda bizneslar ijobiy kayfiyatda, ammo proteksionizm, savdo urushlari va hukumat yopilishiga olib kelgan siyosiy mashmashalar o'sishni sekinlashtirishi mumkin. Download 344.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling