Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan
Download 350.65 Kb.
|
Xabibullayev Xalilulloh
Yoshlar o‘ziga xos guruhdir; ayniqsa mana shu o‘ziga xoslik yoshlarni ish bilan ta’minlanmasligi kelib chiqayotgan muammlarning manbai hisoblanadi. Yoshlar orasida ishsizlikning o`sishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilibgina olmay, jamiyatda ham qator muammolarga sababchi bo‘lmoqda. Xususan, 2020-yilda sodir etilgan jinoyatlarning 37%i 30 yoshgacha bo‘lganlarga to‘g‘ri keladi. O`zbekiston aholi tarkibida yoshlar salmog` yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Yoshlar mehnat resurslarinig eng faol qismi hisoblanadi. Aholining mazkur qatlami yuqori moslashuvchanlik , tez o‘qib o‘rganish, nostandars fikrlash qobliyatiga ega. Shu bilan birgalikda yoshlar mehnat bozorida boshqa kategoriyadagi insonlarga nisbatan past raqobatbardoshlikka ega ekanligi ularning eng ta’sirchan guruhga aylantiradi. 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko`ra yurtimizda 14-30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9mln 726mimg 608 nafarni tashkil etgan. 2021-yil boshiga ko`raq 18-30 yoshdagilar soni qarib 5mlndan ortiqroq. 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17% yoki 844ming nafarni tashkil etdi va bu 2021-yil yil boshidagi ishsizlik darajasining 1.5 baravariga kop demakdir. Hisobga olinmagan ishsizlar soni esa bundan ham yuqori. Yoshlarning ish bilan band qilishdagi muammolarning kelib chiqish sabablari sifatida bir qancha omillarni keltirish mumkun. Birinchi navbatda ularga yetarli darajada mehnat tajribasi mavjud emasligi, ish neruvchi tajribasiz ishchini ishga olishdan manfaatdor emasligi, chunki u doimo minimal darajada xarajat qilib ishchi kuchidan qisqa vaqt ichida maksimal darajada samarali natija olishni istaydi. Bundan tashqari, yosh mutaxasislar ish bilan parallel ravishda o‘z ustida ishlashni davom ettirishga xarakat qiladi, bu esa ish jarayonida uzilishlarga olib keladi. Yoshlarning ish bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkun: Birinchi guruhga ish beruvchilar o‘rtasida shakllangan “yoshlarda mustaqil ravishda qarorlarni qabul qilish bo‘yicha tajribaning yo‘qiligi, bilim va ko‘nikmalarning yetarli emasligi, bozor sharoitlarida egallangan kasb bo‘yicha amaliy tajribaning mavjud emasligi, bitiruvchilar ish beruvchi tomonidan qo‘yilgan talablarga javob bermaydi” gegan farazlarning mavjudligi. Ikkinchi guruhga yoshlarning mehnat va bandlik sohasida moslashish yo‘llari to‘g‘risida asossiz fikrlar mavjudligi. Bu kelajakda o‘z kasbini tanlash va keyinchalik esa o‘z kasbini istiqbolini belgilashda namoyon bo‘ladi. Masalan, hozirgi kunda abiturentlar talim olmoqchi bo‘lgan mutaxasisligini ishchi kuchi bozorida talab va taklif holatini tahlil qilishdan emas, kelajakdagi ishi to‘g‘risida ideal farazlardan kelib chiqqan holda tanlashadi. Uchinchi guruhga yoshlarning aksariyat qismida mehnat unumdorligini pasayish jarayoni hisoblanadi. Yoshlar o‘rtasida gumanitar yo‘nalishdagi kasblarga bo‘lgan talab yuqoridir. Bunda texnik yo‘nalishdagi kasblarga qiziqish pasayish tendensiyasi kuzatiladi. Yoshlarni ishsizligini kamaytirish ya’ni bandligini ta’minlash turli mamlakatlarda qullanilishi: Tunisda oliy ma'lumotli ishsiz yoshlarga maktabdan ishga o'tishni osonlashtirish va bir vaqtning o'zida ish beruvchilarga ish joyidagi asosiy ko'nikmalarga ega nomzodlarni topishda yordam berish maqsadida xizmatlar to'plamini taklif etadi. Meksikada yoshlarni qisqa muddatli o‘qitish va mintaqaviy rivojlanishni birlashtirish, Mahalliy hukumat ishga qabul qilish va malaka oshirish hajmini oshirish uchun AHRM, mahalliy maktablar, Ta'lim kotibi va Milliy bandlik xizmati (NES) bilan davlat-xususiy sheriklik orqali ishladi. Urugvayda samarali investetsiya dasturi. Samarali investitsiya dasturi (Programa de Inversión Productiva, (PIP)) Bandlik va ijtimoiy himoya vazirligi (Ministerio de Trabajo y Seguridad Social, (MTSS)) va La Dirección Nacional de Empleo (Bandlik milliy agentligi, (DINAE)) tomonidan amalga oshiriladi. ) mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda ishlashadi. . PIP tegishli individual va guruh korxonalariga mo'ljallangan tijorat moliya institutlarining kredit mablag'larini olishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan kam ta'minlangan tadbirkorlarlarga yordam berish. Xitoyda talabga javoban ishchi kuchining geografik harakatchanligidagi to'siqlarni yumshatish. Xitoyda ishsiz yoshlar uchun ishlash va o‘qish chegara muammolarini osonlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar. Yurtimizda yoshlar ishsizligini oldini olish maqsadida ko‘plab chora tadbirlar qo‘llanilmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng dastlabki kunlardan boshlab yoshlarga oid siyosatlar olib borilmoqda. 2016-yildagi siyosiy o‘tish bilan yosholar siyosatining ahamiyati keskin oshdi. “yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406-sonli “yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 510-sonli “yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prizedent qarorlari qo‘shimcha ravishta yoshlarga oid siyosatga huquqqa asoslangan yondashuv joriy etildi. Hukumatning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida yoshlar davlat siyosatini shakllantirishnig beshta ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Prizedentimizning 6017-son “yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi boshqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Farmoni yoshlar oldida turgan muammolarni samarali hal etish zarurligi to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Bundan tashqari yoshlar siyosati hukumat va BMT hamkorligining 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “yo‘l harakati” doirasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri edi. 2020-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro‘yxatga olish tartibi joriy etilgan edi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi. Ushbu summa to‘liqligicha byudjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqqan holda YaTTlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi. Bizni ko‘proq o‘zimizdagi holat qiziqtiradi. O‘zbekistonda rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ishga layoqatli aholining taxminan 10 foizi ishsiz. Ya'ni ichki mehnat bozorida band bo‘lganlar, chetga ketganlardan tashqari 1,5 mln nafarga yaqin fuqaro ishsiz hisoblanadi. Ishsizlik jiddiy muammo ekanligi, unga qarshi astoydil kurashish zarurligini e'tirof etgan holda, bugun masalaga ikkinchi tarafdan yondashib ko‘ramiz. Bugun aksariyat tashkilotlar, ayniqsa nodavlat kompaniyalar yaxshi xodimlar qidirib, bo‘sh ish o‘rinlari haqida e'lonlarni muntazam joylashtirib borishadi. Eng katta ish beruvchi bo‘lgan davlat tizimida ham vakant talaygina. Download 350.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling