Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


A) J.S.Mill metodologiyasi


Download 0.76 Mb.
bet50/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

A) J.S.Mill metodologiyasi
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta’riflaydi. SHu bilan birga, uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.
Ko’pchilak mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy fanning metodologiyasini takomillashtirish J.S.Millning asosiy xizmati hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat muayyan sharoitda to’g’ri bo’lishidan kelib chiqqan holda, har qanday nazariy sxemaning nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko’p omilli tahlilning zarurligini ko’rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Millning tavsiyasiga ko’ra, ikki asosiy narsaga asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda, faqat muayyan sharoitda to’g’ridir; 2) ular har tomonlama (universal) bo’lishi mumkin emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki juda ko’p sabablar amal qiladi. Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin, lekin shunday bo’lsada ularni qo’shish emas, balki sabab va oqibatini bir-biridan ajrata bilish lozim.
Iqtisodiy fanni rivojlantirish va boyitish – bu xulosalarni doimo almashtirib turish hamda sxema qabul qilishda (rasmiy tan olingan) qo’l kelmaganlarini uloqtirib tashlash emas, balki o’zgarib turuvchi sharoitlarni va o’zaro aloqalarning doimo hisob-kitob (uchyot) qilib turishdir. Bu turli kontseptsiya va qarashlarni, yondashuv va tavsiyalarni taqqoslash, bilimlarning meros bo’lib qolishligini saqlab qolishdir.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni iqtisodiy qonunlar to’g’risidagi fan sifatida tadqiqot etadi. U raqobat qonunini, talab va taklif qonunini, differentsial renta qonunini, xalqaro savdo qonunini va boshqa bir qator qonunlarni ajratib ko’rsatib berdi. Siyosiy iqtisod tayyor qoida yoki tamoyillar yig’indisi sifatida qaralishi mumkin emas. Amaliy qoidalar va konkret tavsiyalar nazariy qoida va xulosalarga asoslangan bo’lishi kerak. Ular sharoit va vaziyat o’zgarishi bilan o’zgarib turiladi.


B) Qiymat, baho va pul
J.S.Mill fikri bo’yicha, boylik almashuv qiymatga ega bo’lgan ne’matlardan tashkil topadi. «Evaziga hech nima olib bo’lmaydigan narsa, u qanchalik foydali yoki zarar bo’lmasin, boylik hisblanmaydi… Masalan, havo inson uchun mutlaq zarur hisoblansada, bozorda hech qanday narxga ega emas, negaki uni tekinga olish mumkin». Ammo ne’matlarning cheklanganligi his qila boshlansa, ular darhol almashuv qiymatga ega bo’ladi. Tovar qiymatning puldagi ifodasi uning bahosi hisoblanadi.
Pulning qiymati unga sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori bilan o’lchanadi. «Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda pulning qiymati pul miqdoriga teskari mutanosiblikda o’zgaradi: pul miqdorining har qanaqasiga ko’payishi uning qiymatini pasaytiradi, pulning har qanaqasiga kamayishi esa uning qiymatini bir xil mutanosiblikda oshiradi… Bu – pulning maxsus xususiyati». Qachonki pul mexanizmi buzilsa, faqat shundagina iqtisodiyotda pulning ahamiyati sezila boshlaydi.
Baho bevosita raqobat asosida o’rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda bozor bahosi talab va taklif darajasiga qarab o’rnatiladi. Aksincha, «monopolist o’z ixtiYoricha xohlagan yuqori bahoni o’rnatishi mumkin, faqat u xaridor sotib olishi yoki xohshi mumkin bo’lgan bahodan yuqori bo’lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo’li bilan erishishi mumkin».
Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish xarajatlardan past bo’lishi mumkin emas, negaki hech kim o’z zarariga ishlashni xohlamaydi. SHuning uchun talab va taklif o’rtasidagi barqaror muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga faqat ularning ishlab chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayriboshlangandagina o’rnatiladi».

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling