Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet1/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI





NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


Iqtisodiyot kafedrasi
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
(ma’ruzalar matni)


Namangan – 2013

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan ma’ruzalar matni Namangan Davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasining 2013 yil 28 avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilinib, oliy o’quv yurtlarining 5111000 – kasb ta’limi (Iqtisodiyot) ta’lim yo’nalishida o’quv jarayonida qo’llash uchun tavsiya etilgan (Bayonnoma № 1, 28 avgust, 2013 yil).


Tuzuvchilar: K.Sirojiddinov
D.Boymirzaev


Taqrizchilar: i.f.n. N.To’raboeva
K.o’q. H.Ibrohimov


© Namangan Davlat universiteti. 2013 y.


KIRISH

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy fanlar tizimida alohida o’rin tutadi. U iqtisodiy nazariyani to’ldirib borgach, mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o’ynaydi.


Adabiyotlarda fanga quyidagicha ta’rif beriladi: iqtisodiy ta’limotlar tarixi turli tarixiy davrlarda olimlarning asosiy iqtisodiy qarashlari tizimining paydo bo’lishi va rivojlanishining tarixiy jarayonini o’rganadi. Bu shu narsani bildiradiki, iqtisodiy ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq. Jamiyatning rivojlanishida uning roli juda katta. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir bo’ladigan jarayonlarni passiv aks ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko’rsatish yo’li bilan ijtimoiy rivojlanishning tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi. Hammaga ma’lumki, ko’pchilik kontseptsiyalar (masalan, yangi klassik yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o’rganiladi. SHu bilan birga shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rilayotgan muammolarning hozirgi kundagi faolligi bilan ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to’la qondira olmaydi, qolaversa bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o’rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to’la hal etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish va yangi g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha mazkur qo’llanmada iqtisodiy fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, o’rta asr davridagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa sharq Musulmon dunyosidagi iqtisodiy fikrlar ko’proq ko’rib chiqildi. SHuningdek, qo’llanmada klassik iqtisodiy maktab tahlili va G’arbiy Yevropa iqtisodiy fikrlari keng o’rin oldi.
O’rganilayotgan mavzularning mohiyatini yaxshiroq tushunish va olgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida har bir matndan keyin tayanch iboralari va qo’llanma oxirida test savollari berildi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling