Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


G) Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari


Download 0.76 Mb.
bet6/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

G) Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (er. avv. 551-479 y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va muloxaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu yerda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini qo’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan, «oddiy» kishilar shug’ullanadi deb qayd qilib o’tadi.
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor - u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, ammo shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan xurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burch to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi».
Xitoyda milodiydan oldingi IV-III asrlarda mualliflar birgaligida yozilgan asar «Guan-tszi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; shunga o’xshash eng avvalo moddiy boyliklar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qaerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartiblab turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni o’zgartirishni, ya’ni tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guyan-tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xoxlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat ihtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga moliq iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling