Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
G) Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
G) Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari
Pulning mohiyatini J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasi va foiz nazariyasidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi. U bu bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko’payishi yoki kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo, uning tasdiqlashicha, faqat birgina pul miqdorining ko’payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi, agar pul zahirada saqlanayotgan bo’lsa yoki agar uning miqdorining ko’payishi oldi-sotdi miqdorining ko’payishiga (yoki yalpi daromadga) muvofiq kelsa. Foiz normasi ssuda fondiga bo’lgan talab va uning taklifi bilan aniqlanadi. Ssudaga bo’lgan talab investitsiyaga bo’lgan talabdan, davlat talabidan va unumsiz iste’mol uchun yer egalari talabidan tashkil topadi. Ssuda taklifi jamg’armadan, bank biletlaridan va bank depozitlaridan tashkil topadi. Pulning miqdori o’zi foiz normasiga ta’sir ko’rsatmaydi, ammo pul miqdorining o’zgarishi foiz normasining o’zgarishiga olib keladi. Foyda normasidan qat’iy nazar, ssuda fondi talabi va taklifidagi o’zgarishalar sababli foiz normasi o’zgarib turiladi. Ammo muvozanat nuqtasida foizning bozor normasi kapitaldan keladigan foyda normasiga tenglashishi kerak. SHuning uchun pirovard natijada foiz normasi real ta’sir etuvchi kuchlar bilan aniqlanadi. J.S.Mill foiz stavkasi miqdorini mamlakatga oltinning kirib kelishi va undan chiqishini boshqarib turuvchi «Yum qonuni»ning amal qilishiga bog’lab tushuntiradi. Uning ko’rsatib berishicha, mamlakatga oltinning kirib kelishi foiz normasini pasaytiradi, agar u baho oshishiga olib kelsa ham. Foiz normasining pasayishi bilanoq, qisqa muddatli kapitallar chet mamlakatlarga oqib o’tadi, bu esa valyuta kursini tenglashtiradi. SHunga muvofiq Markaziy bank hisob-kitob foizini oshirib va bu bilan bozor foizining o’sishiga yordam bergan holda, o’z zahiralarini himoya qilishi mumkin. Foiz normasining o’sishi xorijiy kapitallarni jalb qiladi, ichki veksellarga bo’lgan talab oshadi, ularni oltinga almashtirish qulay bo’ladi va valyuta kursida teskari o’zgarish yuz beradi. Natijada uning tengligi kelib chiqadi. J.S.Millning fikricha, inflyatsiya foiz normasini oshiradi. Bahoning oshishi qarzning real miqdorini pasaytiradi va shuning uchun debitorlarning foydasiga va kreditorlarning zarariga ishlaydi. So’ngra J.S.Mill kreditning tabiati va uning iqtisodiyotdagi rolini tadqiqot qilishga o’tadi. Bu yerda J.S.Mill o’zini A.Smit va D.Rikardo g’oyalarini ommaviylashtiruvchi oddiy iste’dod egasi sifatida emas, balki chuqur o’ziga xos tadqiqotchi ekanligini namoyon etadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko’paytirmaydi, lekin kredit tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida ancha to’liq ishlatiladi». Kredit manbai bo’lib ayni chog’da unumli iste’molda bo’lmagan pul shaklidagi kapital hisoblanadi. Foiz to’lash evaziga kredit beruvchi asosiy instrument sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank krediti bahoga taklifning o’sishi qanday ta’sir ko’rsatsa, xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi. Kredit to’lovga qobil talabni kengaytirgach va sub’ektlarning istaklariga ta’sir ko’rsatgach, savdo kon’yukturasini keskin o’zgartirib yuboradi. Qachonki baho oshishi kutilsa savdogarlar bundan foyda olishga bo’lgan o’z moyilliklarini namoyish etadilar. Agar bunda bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho’ziladigan bo’lsa, unda u boshqa chayqovchilarni ham o’ziga tortadi. Ular tovarlar xaridini kuchaytiradilar, bu esa beriladigan ssuda miqdorini ko’paytiradi, bahoni oshiradi. Bir oz vaqt o’tgandan keyin bahoning o’sishi to’xtaydi va tovarlarni o’z qo’llarida ushlab turganlar foydani realizatsiya qilish vaqti kelganini his qiladilar va ularni sotishga kirishadilar. Baho pasaya boshlaydi, tovar egalari katta zarar ko’rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, bunday vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko’p bo’lmaganligi sababli, baho oldin oshganiga qaraganda ancha tez pasayib boradi. SHunga o’xshagan bir oz tebranishlar kredit yo’q paytda ham bo’lib turadi. Ammo pul miqdori o’zgarmagan chog’da bir xil tovarlarga bo’lgan ajiotaj talab boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi. Lekin kreditdan foydalanilganda iqtisodiy sub’ektlar qo’shimcha pul manbaiga ega bo’ladilar. Bunday vaziyatda chayqovchilik barcha tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. Natijada savdo inqirozi kelib chiqadi. Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta’sirida oldin oshgan baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi. Baholar qaysi nuqtadan oshishiga boshlagan bo’lsa, shu nuqtagacha pasayishi mumkindek tuyuladi yoki iste’mol va taklif o’zini oqlaydigan darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo ularning pasayishi ancha chuqur bo’ladi, negaki har bir kishi zarar ko’rayotgan paytda, ko’pchilik esa bankrotlikka uchragan davrda, hatto ishonchli va atoqli firmalar o’zlari o’rganib qolgan kreditni zo’rg’a olishlari mumkin. Bunday vaziyat shuning uchun sodir bo’ladiki, hech kimda qarzga bergan mablag’ini o’z vaqtida qaytarib olishga ishonch bo’lmaydi. Favqulodda sharoitda bunga vahimachilik kelib qo’shiladi. Pul qisqa muddatga deyarli har qanday foiz to’lash sharti bilan qarzga olinadi, darhol pul to’lash sharti bilan tovarlarning sotilishidan ko’riladigan har qanday talofotga e’tibor berilmaydi. Demak, savdo inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki, oldingi inqirozgacha bo’lgan chayqovchilik davri mobaynida osha boshlagan darajadan ham past bo’ladi». O’z mohiyatiga ko’ra, bu iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta iqtisodiyotning pasayish dinamikasining pulli jihatlarining ifoda etilishidir. Bu yerda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish (inqiroz) tushunchasiga qo’shilmadi. Uning fikricha, inqiroz umumiy ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi deyish, katta hatodir. «Bu faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa – taklifni kamaytirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma’noda J.S.Mill J.M.Keynsning o’tmishdoshidir. J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog’oz valyutalar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog’oz pullar konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo’q) baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv(bum)ining kelib chiqishiga yordam berishi mumkin. U 1825 yilda inqirozga olib keldi. Ammo keyingi 1847 yildagi inqiroz esa foiz stavkasining keskin o’sishi natijasi hisoblanadi. Savdo inqirozlari davrida «pul talabidan ko’ra,barcha tovarlarning ortiqchasi yuzaga keladi, ya’ni pul taklifi yetishmasligi kelib chiqadi». J.S.Mill foiz stavkasining o’zgarib turishini batafsil ko’rib chiqadi. Jonlanish davrida kredit ko’payadi, foiz esa pasayadi. Pasayish davrida aksincha foiz stavkasi oshadi. Ammo, qachonki bir necha yil inqirozsiz o’tsa, kapital qo’yish uchun esa yangi sohalar paydo bo’lmasa, qo’llanilishi kerak bo’lgan shu qadar ko’p bo’sh yotgan kapital jamg’ariladiki, bu foiz normasini ancha pasaytiradi. Ma’suliyati cheklangan aktsionerlik kompaniyalarning tashkil topishi, masalan, foizni oshiradi. Erkin kapital egalari ssuda bozorini to’ldirib turuvchi aktsiyalarni sotib olgach, «fondlardagi kapitalning bir qismini jalb qiladi va o’zlari o’sha fondlarning qolgan qismini olish uchun raqobatchiga aylanadi. Bu tabiiy ravishda foizning oshishiga olib keladi». Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling