Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


E) J.S.Mill va ijtimoiy masalalar


Download 0.76 Mb.
bet54/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

E) J.S.Mill va ijtimoiy masalalar
Ko’pchilik klassiklarning kontseptsiyasida mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga bog’liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning amal qilishi kishilarning xohishiga bog’liq bo’lmaydi va shuning uchun yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun yo’naltirilgan har qanday ijtimoiy chora tadbirlar befoyda. Ishchilarning ahvolini yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo’yilmasini kengaytirish (mehnatga talab oshadi), yoki aholi o’sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi) bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu printsipni yoqlab chiqqan bo’lsada, ammo keyinchalik undan voz kechadi.
Sotsialistlar g’oyasining ta’siri va taqsimot qonunlarining tarixiy xarakterini tan olishi (tarixiy bo’lganidan ularni o’zgartirish mumkin), ingliz iqtisodchisini klassik maktabning bir qator qoidalaridan voz kechishga majbur etdi. U ijtimoiy isloxotlarning keng dasturini ilgari surdi va o’z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo’li bilan yollanma mehnatni tugatish. yollanish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo’lgan qiziqishni yo’qotadi. SHuning uchun kapitalistik korxonalar o’rniga kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning o’zida mulk egasi ham hisoblanadi. U, kasaba uyushmalarining rivojlanishi, kapitalistik korxona-larning foydasini taqsimlashda ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo’lgan.
2. Er rentasini yer solig’i yordamida umumlashtirish. Renta yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik printsiplarga zid. Renta yer egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha jamiyatga tegishli bo’lishi kerak.
3. J.S.Mill mayda yer egalarini qo’llab quvvatlaydi. Uning fikricha, o’z yerida ishlovchi ko’pchilik dehqonlar renta to’lashdan ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek yollanma ishchilardan farqli ravishda haddan tashqari o’z oilasini kengaytirishga moyil emas.
J.S.Mill o’zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi individual erkinlik bilan yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go’Yoki bir-biriga qarshi ikki yo’nalishni birlashtirmoqchi bo’lgandek tuyuladi: iqtisodiy erkinlik printsipi bilan ijtimoiy adolat printsipini. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini ko’rsatib berdi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling