Markaziy Osiyoda ilk davlatchilik tarixi va rivojlanishi


Download 341.9 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1725905
Bog'liq
Markaziy Osiyoda ilk davlatchilik

Markaziy Osiyoda ilk davlatchilik tarixi va rivojlanishi.


Miloddan avvalgi I ming yillikda Markaziy Osiyo hududlarida temirning ishlatilishi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tubdan ozgartirib yubordi. Natijada ishlab chiqarishning yuksalishi, mehnat unumdorligining oshishi, ortiqcha mahsulotning kopayishiga, aholi ortasidagi mulkiy tabaqalanishning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bu esa oz navbatida Markaziy Osiyo hududlarida qabila va xalqlarning ijtimoiy-siyosiy birlashmasi sifatida qadimgi davlat uyushmalarining shakllanishiga asos boldi.

Baqtriya, Margiyona va Katta Xorazm Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari sifatida etirof etiladi. Yirik davlat uyushmalarining tashkil topishida ichki ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari, tashqi subektiv omillar ham muayyan rol oynaganligini koramiz.Zardushtiylarning diniy kitobi bolgan Avestoda Markaziy Osiyo va Sharqiy Eron hududlarida Ahamoniylar imperiyasi tashkil topgan vaqtga qadar qandaydir davlat tizimi bolganligi haqida dastlabki malumotlar uchraydi. Ular harbiy-demokratiya tipidagi qabilalar ittifoqidan osib chiqqan dastlabki davlatlar edi.

Yunon mualliflari (Gerodot, Gekatey)ning xabariga kora, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib topgan dastlabki davlatlar mavjud bolgan. «Katta Xorazm» va «Baqtriya podsholigi» harbiy demokratik prinsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzun-yuluq va juda qisqa malumotlar uchraydi. Ularning bazilari esa afsonaviy xarakterda, zardushtiylik dinining bosh islohotchisi Zaratushtra nomi bilan bogliq xolda eslatiladi.

«Avesto» berilgan malumotlarni mashhur xorazmshunos olim S.P.Tolstov, Yevropa olimlaridan V.Xenning hamda I.Gershovichlar arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik malumotlarni solishtirib, «Katta Xorazm» davlati haqidagi oz qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.P.Tolstov fikricha, «Avesto»da Zaratushtraning vatani Aranem Vayjo mamlakati boylab oqib otgan Daitya daryosi hozirgi Amudaryodir. Natijada qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra oz talimotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi.

Markaziy Osiyo hududida Ahamoniylarga qadar tashkil topgan ikkinchi davlatbu Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki malumotlar yunonistonlik Ktesiyda uchraydi. Boshqa bir yunon solnomachisi Diodor esa, Ktesiy hikoyalariga asoslangan holda Ossuriya podsxosi Ninning Baqtriyaga qilgan harbiy yurishlari haqida xabar beradi. Ktesiyning hikoyalarida tarixiy haqiqat bor. Uning malumotlari miloddan avvalgi XIIIVI asrlarga oid bolib, ularda Baqtriyaning qudrati, shon-shuhrati, ming minglab shahar va qishloqlari, serunum yerlari va kop sonli chorvalari haqida hikoya qilinadi.

Eʼtiboringiz uchun raxmat


Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling