1 Mavzu: Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. Reja Shahar va shaharsozlik
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
1- Mavzu: Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. Reja 1. Shahar va shaharsozlik. 2. Shahar transport tarmog‘ini loyihalash tushunchasi. Tayanch so‘zlar: shahar, shaharsozlik, arxitektura, magistral, ansambl, bino va inshootlar, transport oqimlari, transport tarmog‘ini loyihalash. Shahar - bu bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p turli korxona va zavodlar majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xom ashyo va oziq-ovqatlar iste’mol qiladi, minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. Shahar - bu qudratli muhandislik xo‘jaligi. Bu yuzlab km suv o‘tkazgich quvurlari, elektr quvvati bilan ta’minlash, o‘choqxonalar, oqava suvlarini tozalash inshootlari. Shahar - bu moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan taraqqiyot namunasidir. Boshqacha qilib aytganda “Shahar” tushunchasi bizning hayotimiz, hamda o‘rab turgan dunyoning hamma tomonlarini o‘zlarida aks ettiruvchi juda ko‘p belgilarni o‘z ichiga olishi kerak. SHu bilan bir qatorda hozirgi zamon shaharining biror-bir voqeligi o‘z-o‘zicha mavjud emas, balki butun boshqa narsalar bilan ajralmaydigan bir butunlikni tashkil etadi. SHahar o‘zining ko‘p qirrali bo‘lishiga qaramay, oldimizda butun bir hayotiy organizm sifatida namoyon bo‘ladi. SHahar organizmi qanday tuzilganligini va unda arxitekturaga nima tegishli ekanligini tushunish lozim. Dunyoda ko‘plab katta-kichik shaharlar mavjud. Shunga monand shahar haqidagi tushunchalar ham turlichadir. Masalan, Qo‘qon shahri atrofidagi qishloqlar uchun u katta shahar, poytaxt esa eng katta shahar hisoblanadi. Lekin jahondagi Parij, London, Tokio oldida Toshkent kichik shahar hisoblanadi. “Sotsiologlarning fikricha, shaharlik maqomini olguncha kishilarning bir necha avlodi shaharda yashab turishi va uning turmush-tarzini singdirishi kerak ekan” 1 . Shahar deganda nimani tushunish lozim, degan savol bilan maxsus shug‘ullangan amerikalik tadqiqotchi R.Somplinson shaharlarni aniqlashdagi 15 ta belgini taklif etgan. Ularning asosiylari quyidagilar: shahar-aholi zich joylashuvi bilan farqlanadi, shaharning asosiy vazifasi-mahsulot tarqatish, shahar-aloqa yo‘llar markazi, shahar-iste’mol markazi va boshqalar 2 . Bugungi kunda davlatlarda shaharlarga maqom berish ikki xil yo‘l bilan, birinchisi aholi soni, ikkinchisi aholining bandligi hisobga olingan tarzda qonuniy yo‘l bilan beriladi. Quyida dunyoda shahar maqomini berish tartibi bo‘yicha davlatlar ko‘rsatilgan (1.1- jadval). Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling