Birinchidan, eski shaharlarning reja tuzilmasi tranzit transportlarning shahar
markazidan o‘tishi xususiyati bilan bog‘liq. Bu, unga nisbatan ortiqcha bosimning
oshishiga olib keladi.
Ikkinchidan, shaharlarda ko‘cha tarmoqlarining
aniq taqsimlanishi mavjud
emas. Tez qatnov ko‘chalar tranzit harakatni ta’minlash imkoniga ega emas.
Ko‘chalarning transport qatnovchi qismining kengligi oz va shu bilan birga transport
to‘xtash joylari yo‘q.
Uchinchidan, jadal harakat ko‘chalarida turli qavatli transport chorrahalari
etarli emas. Transport oqimlari piyoda yo‘laklaridan to‘liq ajratilmagan.
To‘rtinchidan, magistral ko‘chalar bo‘yida joylashgan
turar joy binolari
shovqin, chang va gazdan etarli darajada himoyalanmagan.
Ko‘cha dizayni loyihasida avtotransport vositalari
Avtomobillar paydo bo‘lgandan
buyon
muammolar,
chorrahalarda
yuzaga keladigan nizolar soni ortib
bormoqda. Halqa yo‘llar arzon bo‘lish
bilan
bir qatorda, estetik jihatdan
chiroyli
va u bexatar
harakat
nazoratini ta’minlaydi. Halqa yo‘llar turli harakat ishtirokchilari o‘rtasida
nizolarni kamaytiradi, tezlik pasayishi evaziga tartibni barqarorlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: