1 Mavzu: Kirish. Shaharsozlikda transport tarmog‘i tushunchasi. Reja Shahar va shaharsozlik


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1540460
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

1.1-jadval
3
 
Davlatlardagi shahar maqomini berish tartibi 
 
№ 
Qonuniy yo‘l bilan shahar maqomi 
beriladigan davlatlar 
Aholi miqdoriga asosan 
shahar maqomi beriladigan 
davlatlar 

Bolgariya, Polsha, AQSH, Kanada, Jazoir, 
Marokko va boshqalar 
YAponiya(25 ming), 
Tojikiston(10 
ming), 
Qirg‘iziston (10 ming), 
Ispaniya (10 minggacha), 
Gretsiya (10 minggacha), 
Rossiya (5–12 ming), 
O‘zbekiston (7 ming), 
 
1
Мирзаҳмедов А. Ўзбекистон ССРда урбанизация жараёнларининг ўзига хос хусусиятлари. – Тошкент: 
Билим, 1991. – Б. 16. 
2
Эшов.Б.Ж. Давлатчилик ва урбанизация // Ўзбекистонда урбанизация жараёнлари : тарих ва ҳозирги 
замон(халқаро амалий анжуман материаллари). – Тошкент, 2007. – Б. 138. 
3
Мазкур жадвал И.Иномовнинг Ўзбекистоннинг янги шаҳарлари (шаклланиши ва ривожланиши) 
китобининг 7-8 бетлари ва Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси асосида диссертант томонидан тузилди. 


Gruziya (5 ming), 
Turkmaniston (5 ming), 
AQSH (2,5 ming), 
Tailand (2,5 ming), 
Argentina (2 mingdan ziyod), 
Portugaliya (2 mingdan ziyod), 
Fransiya (2 mingdan ziyod), 
Kanada (1000 kishi), 
Malayziya (1000 kishi), 
SHvetsiya (1000 kishi), 
Islandiya (300 kishi), 
Daniya (250 kishi) va boshqalar 
Shaharsozlik arxitektura zaminida vujudga kelgan. Ko‘plar uni hozirgacha 
arxitekturaning bir bo‘limi deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham barcha buyuk 
shaharsozlar ma’lumot bo‘yicha arxitektorlardir. Ammo hozirgi kunda shaharsoz 
uchun arxitekturaviy bilimlar etarli emas - u ijtimoiy fanlarni, gigienani, iqtisodiyot 
va ekologiyani, transportni tashkil etish va shahar xo‘jaligini boshqarishni yaxshi 
tushunishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda shaharsozlik arxitekturaning bir bo‘limi 
emas, balki arxitektura mahoratining eng yuqori, eng qiyin bosqichidir. 
Shaharsozlik - aholi yashash 
joylari 
va 
aholini 
joylashtirish 
sistemasining urbanizatsiyalashgan 
muhiti shakllanishida kompleks va 
ko‘p tomonlama ishlab chiquvchi 
jarayon hisoblanadi. Shaharsozlik 
faoliyatining ob’ekti bo‘lib - 
rejaviy hududlar va aholi punktlari, turar-joy tumanlari va sanoat hududlari, dam 
olish hududlari va shahar hududining boshqa rejalashtirish elementlari hisoblanadi. 
Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish 
muammolari, hamda aholi turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan turar-joylarni 
yaratish masalalarini ham o‘z ichiga oladi. 


O‘zining uzoq tarixi davomida shaharlar ko‘rinishi o‘zgarib bordi, bu esa 
ularning arxitekturasini borgan sayin takomillashishiga, aholi uchun qulay 
sharoitlar yaratilishiga olib keldi. XX asrda baland osmono‘par binolar qurildi va 
me’morlar tomonidan yangi loyihalar ishlab chiqildi (suzib yuruvchi, konussimon, 
minora, ko‘prik shaharlar). XXI asrga kelib shaharsozlik borasida amalga 
oshirilayotgan turli xil yangi loyihalar inson 
hayratini oshirishdan ham ko‘ra, 
davlatlardagi ko‘plab muammolarni 
bartaraf 
etish 
uchun 
bunyod 
etilmoqda. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda avvallari qurilgan 
inshootlar butun shahar bo‘ylab 
joylashtirilgan bo‘lsa, hozirda bitta binoning o‘zi kifoya qilib, ularda turar-joylar, 
mehmonxonalar, ofislar, magazinlar, supermarketlar bunyod etilmoqdaki, natijada 
bino ichida bir necha kun davomida hech qaerga chiqmasdan bemalol yashash 
imkoniyati yaratilmoqda. Ular nafaqat hayratlanarli tarzda bunyod etilmoqda balki, 
iqtisodiy qulayliklari bilan ham ko‘pgina afzalliklarga ega. Masalan, xona 
chirog‘ini o‘chirish uchun kaftni bir-biriga urishtirish kifoya yoki eshikka 
yaqinlashganda chiroq yonadi, uzoqlashsa o‘chadi. Oddiydek tuyulgan ushbu holat 
shaharlardagi qancha energiyani tejalishiga olib kelishi mumkin. Albatta, 
yuqoridagi bino va inshootlar inson zakovatining namunasi hisoblanib, bu esa 
yangi ibora 
bino-shaharlarni yuzaga kelishiga 
asos bo‘lmoqda. Hozirgi kunda 
jahondagi eng baland osmono‘par 
bino Dubaydagi Burj-Xalifa minorasi 
hisoblanadi. Qurilishi 2010 yilda 
tugallangan ushbu uyning 
balandligi 828 metr bo‘lib, 162 qavatdan iborat. Bu erda ko‘plab ofislar, 


dunyodagi eng katta tungi klub, kattakon basseyn, 158-qavatda masjid, muhtasham 
beshyulduzli mehmonxona bor. Yaqin yillarda jahondagi eng baland binolar nomi 
o‘zgaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida balandligi 1 km dan 
oshadigan bino qurilmoqda. U Qizil dengiz sohilida, Jidda shahri yaqinida 
joylashgan bo‘lib, “Qirollik minorasi” deya nomlanadi. 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling